Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Davlat xizmatlarini koʼrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (face-id) usuli joriy qilinadi


Davlat xizmatlarini koʼrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (face-id) usuli joriy
qilinadi

Taʼkidlash joyizki, soʼnnggi yillar mobaynida, mamlakatimizda davlat xizmatlarini koʼrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʼsiqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga Respublikada davlat xizmatlarini koʼrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʼsiqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni t Shu bilan birga, aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda koʼrsatish koʼlamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson boʼlib yurishining oldini olish, davlat organlari axborot tizimida mavjud maʼlumotlarni ishonchli himoya qilish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu asnoda, 2022-yil 20-aprel kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʼgʼrisida”gi PF-113-son farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini koʼrsatish sohasida qoʼshimcha qulaylik yaratish maqsadida quyidagi tartib oʼrnatildi.
Farmonga ko`ra,  2024 yil 1 iyuldan:
Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga koʼra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;
avval davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan (davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʼli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʼlgan koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reestriga kiritish va bu haqida davlat reestridan koʼchirma berish bepul amalga oshiriladi;
noturar joylarni boshqa shaxsga oʼtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʼzida davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun kadastr organlariga yuborilishi belgilandi.
2022 yil 1 avgustdan boshlab:
a) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʼshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi (keyingi oʼrinlarda – Mobil-ID tizimi) joriy etilishi blgilandi.
2024 yil yakuniga qadar:
davlat xizmatlarini koʼrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;
Unga muvofiq: Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʼyicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;
shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga koʼra davlat xizmatlari markazi (keyingi oʼrinlarda – Markaz) yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi oʼrinlarda – YaIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʼtish uchun fuqaro tomonidan bevosita Markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi hamda Markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qoʼl barmogʼi izi olinadi va mobil telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bogʼlanadi;
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʼtish uchun fuqaro tomonidan YaIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qoʼllaniladi hamda mobil telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bogʼlanadi;
fuqaroning YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga koʼra va belgilangan toʼlovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuborilishi belgilandi.
Xulosa oʼrnida aytadigan boʼlsak,mazkur Farmon chin maʼnoda, yurtimizda davlat xizmatlarini koʼrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʼsiqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga xizmat qilishi,shubhasiz.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulьti
Davronbek Аllabergenov