Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Huquqbuzorliklar profilaktikasi sohaga oid normativ hujjatlar


             Huquqbuzorliklar  profilaktikasi  sohaga oid normativ hujjatlar

Soʼnggi yillar mobaynida yurtimizda profilaktika ishlarini aholi, fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari,fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikda tashkil etish, ushbu ishni, birinchi navbatda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni taʼminlashga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy madaniyatni va huquqiy savodxonligini yuksaltirishga, fuqarolarga faol fuqarolik pozitsiyasini, qonunga hurmat va qonun buzilishining har qanday koʼrinishiga murosasizlik munosabatini singdirishga qaratilgan huquqbuzorlik profilaktikasini yanada takomillashtirishga bevosita qaratilgan bir qator normativ hujjatlar qabul qilingan.
Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 14-may kungi Huquqbuzorliklar profilaktikasi toʼgʼrisidagi OʼRQ-371-son qonuni, Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi, Oʼzbekiston Respublikasining «Voyaga yetmaganlar oʼrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʼgʼrisida»gi OʼRQ-263-son Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-son Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2017 yil 18 apreldagi PQ-2896-son qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2018 yil 24 dekabrdagi PQ-4075-son qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2019 yil 7 fevraldagi PQ-4166-son qarori qabul qilindi va sohaga oid mustahkam huquqiy baza yaratilgan desak, aslo xat boʼlmagan boʼladi.
Huquqbuzarlik nima?.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 14-may kungi Huquqbuzorliklar profilaktikasi toʼgʼrisidagi OʼRQ-371-son qonunning 3-moddasiga asosan — sodir etilganligi uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli gʼayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik) huquqbuzorlik deb nomlanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 14-may kungi Huquqbuzorliklar profilaktikasi toʼgʼrisidagi OʼRQ-371-son qonunning 5-moddasiga asosan, huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilandi:
shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʼrganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini koʼrish;
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʼlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;
jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining oʼzaro hamkorligini taʼminlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 14-may kungi Huquqbuzorliklar profilaktikasi toʼgʼrisidagi OʼRQ-371-son qonunining 9-moddasiga asosan huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi belgilandi:
ichki ishlar organlari;
prokuratura organlari;
Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari;
Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari;
Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi;
adliya organlari;
davlat bojxona xizmati organlari;
davlat soliq xizmati organlari;
mehnat organlari;
taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari;
davlat sogʼliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʼliqni saqlash muassasalari va Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi organlari.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi  boshlig`i
Bekpulat Avazmetov