Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

O‘zbekiston Respublikasida deputatlar saylovining yangi tizimi haqida


O‘zbekiston Respublikasida deputatlar saylovining yangi tizimi haqida

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkaziladi.
Saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkaziladi. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanadi.
Siyosiy partiyalarning rolini oshirish uchun aralash saylov tizimiga o‘tish taklifi mart oyida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan deputatlar bilan uchrashuvda ilgari surilgan edi.
Proportsional tizim — bu har bir partiya parlamentda qo'lga kiritadigan o'rinlar soni saylovda unga berilgan ovozlar soniga ko'ra belgilanuvchi saylov tizimidir. Uning majoritar tizimdan farqi shundaki, bunda saylovchilarga partiyadan muayyan nomzodga emas, partiyaning o'ziga ovoz berish taklif qilinadi.
Proportsional tizimda har bir partiya deputatlikka nomzodlar ro'yxatini ovozga qo'yadi. Partiyalar ro'yxatlarni mustaqil ravishda tuzadilar, ularga eng faol, eng taniqli siyosiy arboblarni kiritadilar. Har bir partiyadan nomzodlar soni hozirda loyihasi ishlab chiqilayotgan qonun bilan belgilanishi kerak.
Majoritar tizima esa o'z saylov okrugida eng ko'p ovoz olgan nomzodlar saylangan deb topiladi.
Mojaritar tizimda Qonunchilik palatasiga 150 nafar deputatlarni saylashda 150 ta hududiy saylov okrugi shakllantiriladi. Ularning har biri fuqarolar ovoz beradigan saylov uchastkalariga bo'linadi. Har bir saylov okrugidan bittadan deputat saylanadi.
Aralash tizimda majoritar va proportsional tizimlarning gibrid shaklida bitta hokimiyat vakillik organining o'zida deputatlarning bir qismi majoritar okruglarda shaxsan, ikkinchi qismi esa vakillikning proportsional tamoyili bo'yicha partiyaviy asosda saylanadi. Saylovda saylovchi qo'liga ikkita byulleten olishi nazarda tutiladi. Birini nomzod uchun, ikkinchisini partiya uchun to'ldiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1345-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan saylovoldi tashviqot ishlari siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni o‘zining deputatlikka nomzodlarini yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
deputatlikka nomzod va siyosiy partiya to‘g‘risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish shaklida olib boriladi.
Saylovoldi tashviqoti omma oldida ochiq munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning yig‘ilishlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, video va audio roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
Nizomga asosan partiyalar saylovoldi tashviqotini OAV, shu jumladan televideniye, radio, gazeta va jurnallar, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i) orqali;
bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chop etish hamda tarqatish;
saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshirish, hamda  Saylovoldi tashviqoti davrida uni olib borishning saylov kodeksi va ushbu Nizomda taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanilish huquqiga ega.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini buzish, noto‘g‘ri axborotni, nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni, shuningdek yolg‘on (shu jumladan, chalg‘itadigan yoki adashtirib yuboradigan darajadagi), boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazuvchi har qanday saylovoldi tashviqoti materiallarini, shu jumladan sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.

J.Ismoilov,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Adliya vazirligi Davlat xizmatlari
ko‘rsatilish ustidan nazorat qilish sho‘basi
Yetakchi maslahatchisi