Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi qanday tartibda to`lanadi?


Boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi qanday tartibda to`lanadi?

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-mart kungi 119-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizom Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to`lash taribini belgilaydi.  Boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi ushbu Nizom bilan tayinlanadi. qanday tartibda to`lanadi
Nizomning 16-bandiga ko`ra Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga Qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari ega.
17-bandiga kora  Qonunning 19-moddasida belgilangan shaxslar oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari jumlasiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.09.1993 yildagi 938-XII-son Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida 19-moddasiga ko`ra  Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida (20-modda) bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va ushbu moddaning “v” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.
Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 18 yoshdan katta bo‘lsa, agar ular 18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsalar;
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.
Ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar.
O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar.
O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. O‘gay ota va o‘gay onaning vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu Qonunning vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari bedarak yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yo‘qolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lsa, tegishli ravishda joriy qilinadi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-mart kungi 119-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 21-bandiga asos nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir nafaqalar davlat xizmatlari markazlari, Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda, Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi tomonidan vakolatli organning “Pensiya” axborot tizimiga yuborilgan elektron ma’lumotlar asosida tayinlanadi.
Nizomning 9-bobida ushbu Nizomda belgilanggan shu jumladan oquvchiusini yo`qotganlik nafaqasini to`lash taribi belgilangan bo`lib, unga ko`ra Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga ko‘ra nafaqani yetkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan tijorat bankining filiali orqali to‘lanadi.   Nafaqalar har oyda qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay to‘lanadi. Nafaqalar nogironlik muddati belgilangan so‘nggi oy uchun, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan oila a’zosi 18 yoshga to‘lgan oy uchun, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan oila a’zosi ta’lim tashkilotining o‘quvchisi yoki talabasi bo‘lsa 23 yoshga to‘lgan oy uchun, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan oila a’zosi ta’lim tashkilotining o‘quvchilari yoki talabalari safidan chiqarilgan so‘nggi oy uchun, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bola 18 yoshga to‘lgan oy uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi.  Nafaqalar qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnoma orqali to‘lanishi mumkin.  O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ushbu hujjat rasmiylashtirilgan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qo‘yilishi lozim, Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar (Minsk shahri, 1993-yil 22-yanvar) a’zosi bo‘lgan davlatlar — Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bundan mustasno. Bunda ishonchnoma bergan shaxs vakolatli organga bir yilda kamida bir marta kelib, tayinlangan nafaqaga bo‘lgan o‘z huquqini tasdiqlashi kerak. Vakolatli organ tomonidan nafaqa oluvchining kelish imkoniyati mavjud emasligi (sog‘lig‘i tufayli, davolash muassasalarida, shu jumladan, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun statsionar davolanishda bo‘lish) to‘g‘risida ma’lumotlar olingan taqdirda, vakolatli organ xodimlari tayinlangan nafaqaga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun nafaqa oluvchi turgan joyga borish huquqiga ega. Nafaqa oluvchi xorijiy davlatda bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasiga kelish imkoniyatiga ega bo‘lmagan holatlarda, nafaqa oluvchi O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga murojaat etishi mumkin va xorijiy davlat hududida doimiy yashash holati mavjud emasligini, shuningdek, pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olmasligini tasdiqlashi lozim. Ishonchli vakil nafaqa to‘lashga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan va o‘ziga ma’lum barcha holatlar to‘g‘risida vakolatli organga xabar berishi shart. Ishonchnoma nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning bo‘linmasida saqlanadi. Bunda nafaqani yetkazib berish (topshirish) vazifasi yuklangan tashkilotning bo‘linmasi ishonch bildirilgan shaxs tomonidan ishonchnoma taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n kun muddatda vakolatli organga nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot bo‘linmasining asosiy muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan ishonchnoma nusxasini yuborishi shart. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID-kartasi) amal qiladigan muddat davomida to‘lanadi. Shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi mavjud bo‘lmasa yoxud yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi o‘rtasida uzilish mavjud bo‘lgan taqdirda, nafaqani to‘lash doimiy yashash, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda nafaqani to‘lash nafaqa to‘lash to‘xtatilgan paytdan, biroq Qonunning 59-moddasida nazarda tutilgan tartiblar asosida davom ettiriladi.  Shaxs tomonidan qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkazish muddati o‘tkazib yuborilganda, nafaqalar Qonunning 55-moddasida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi. Nafaqa oluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chganda, nafaqani to‘lash yangi yashash joyi bo‘yicha tegishli vakolatli organ tomonidan davom ettiriladi. Bunday holatda nafaqa to‘lash avvalgi yashash joyi bo‘yicha nafaqa to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.  Nafaqa oluvchilarni hisobdan chiqarish va yangi yashash joyida hisobga olish tartibi, shuningdek, ularning yig‘majildlarini jo‘natish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga ko‘ra nafaqa naqd shaklida yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga (plastik kartasiga) pul o‘tkazish yo‘li bilan AT «Xalq banki» bo‘limi (filiali) tomonidan to‘lanadi. Bankning mas’ul xodimlari naqd shakldagi to‘lovlarni mahallarga yetkazgan holda har oy to‘lab boradi.



Qonliko`l tumani adliya bo`limi
bosh maslahatchisi                                            B.Matjanova