Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Hududlarda «IT-shaharcha»lar tashkil etiladi.


Hududlarda «IT-shaharcha»lar tashkil etiladi.

Joriy yilning 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan «IT-shaharcha»lar faoliyatini tashkil etish to‘g'risida”gi 178-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitishga yo‘naltirilgan «IT-shaharcha»lar dastlab, Chimboy, G'ijduvon, Zomin, Sharof Rashidov, Forish, Xatirchi, Pop, Shahrisabz, Qo‘shrabot, Sariosiyo, Sirdaryo, Parkent, Toshloq va Tuproqqal’a tumanlari hamda Xonobod shaharlarida tashkil qilinadi.
Quyidagilar «IT-shaharcha»larning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi ya’ni:
- yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash bo‘yicha intilishlarini rag'batlantirish;
- seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn ta'lim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;
- dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarida ta'lim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga o‘qitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;
- yosh avlodni zamonaviy kasblarga o‘qitish, shuningdek, ularda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini oshirish.
Hududlarda tashkil etiladigan «IT-shaharcha»lar Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi «Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi» davlat muassasasining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bo‘linmalari etib belgilandi.
Markaz «IT-shaharcha»lar faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshiradi:
- yoshlarga bepul ta'lim olish uchun qulay sharoitlar yaratadi, ta'lim jarayonlari sifatli tashkil etilishi va amalga oshirilishini ta'minlaydi hamda yoshlarga xalqaro masofaviy ta'lim platformalarida bilim olish imkoniyatini yaratadi;
- ta'lim berish uchun mentorlarni jalb qiladi, ular bilan shartnomalar tuzadi, shuningdek, bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib boradi;
- «IT-shaharcha»lar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda yuklatilgan vazifalar ijrosi nazoratini amalga oshiradi;
- o‘quv dasturlariga binoan yoshlarning bilim olishi va ko‘nikmalar egallashi, shuningdek, mashg'ulotlar bo‘yicha davomatini monitoring qilib boradi;
- Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda «IT-shaharcha»larda yoshlar ishtirokida sohaga oid turli musobaqalar, tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi;
- «IT-shaharcha»lar faoliyatini doimiy ravishda rivojlantirib boradi hamda samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi.

Shumanoy tumani adliya bo‘limi
boshlig'i                                                                                R.M.Dushanov