Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bir murojaat izidan


Bir murojaat izidan

Xoʻjayli tumanidagi umumta’lim maktabida jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi fuqora M.S. murojaat qilib, “oʻziga oʻquv soatlarining taqsimlanishidan norozi boʻlib, amaliy yoʻrdam berishni soʻrab” tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan.
Murojaat tegishli tartibda oʻrganilganida, Oʻzbekiston Respublikası adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyun kuni roʻyxatdan oʻtgan 3271-sonli Nizomiga asos, 1 stavkada ishlovchi oʻqituvchiga haftalik darslik yuklamasi 20 soatni tashkil etishi, shuningdek, Nizomning 16-bandiga asos maksimal oʻquv soatini olish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻqituvchining yozma roziligi bilan ajiratilishi mumkin boʻlgan oʻquv soatlari boshqa oʻqıtuvchilarga berilishi mumkin ekanligi belgilangan.
Shunga qaramasdan, maktabning pedagogik kengashi majlisining 2023 yil 31 avgustdagi bayoniga koʻra, M.Sga jismoniy tarbiya fanidan 12 oʻquv soati ajratilgan, biroq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 30 iyunda qabul qilingan 3271-sonli Nizomining 15-bandi talablariga koʻra, fuqora M.Sning darajasi I (toifali) boʻlishiga qaramasdan, boshqa oʻqituvchilarga xodimning roziligisiz oʻquv soatlari berilgan.
Yuqoridagilarga asosan, adliya boʻlimi tomonidan berilgan taqdimnomaga asos, shu masala yuzasidan yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari bilan birgalikda maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari orasidagi dars soatlari Oʻzbekiston Respublikası adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyun kuni roʻyxatdan oʻtgan 3271-sonli Nizomiga asos qayta koʻrib chiqilib, fuqora M.Sning murojaati ijobiy hal etilib, fuqoraga tegishligicha dars soatlari taqsimlanib berilishiga erishildi.
    
Xoʻjayli tumani adliya bolımi
yuridik xizmet koʻrsatish markazi
boshlig`i                            A.Gulimbetov