Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bola parvarishi ta’tilida bo‘lgan davr pensiyaga chiqishda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi


Bola parvarishi ta’tilida bo‘lgan davr pensiyaga chiqishda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi

Ayolga tug’ruqgacha 70 kalendar kun hamda tug’ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug’ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug’ish tatili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o’rtacha oylik ish haqining 75% foizdan kam bo’lmagan miqdorda nafaqa ishlanadi.
Homiladorlik va tug’ish tatili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug’ruqgacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to’liq beriladi.
Homiladorlik va tug’ish nafaqasini tayinlash hamda ishlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Homiladorlik va tug’ish tatili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko’ra, unga bolasi 2 yoshga to’lguniga qadar bolani parvarishlash tatili berilib, bu davr uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa ishlanadi.           Ayolga uning xohishiga ko’ra, bolasi 3 yoshga to’lguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo’shimcha tatil ham beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi mexnat kodeksining 405-moddasining 5-qismiga ko‘ra, bolani parvarishlash tatillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu tatillarning ko’pi bilan 6 yili mehnat stajiga qo’shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo’yicha ish stajiga ham qo’shib hisoblanadi.

Shomanay  tuman adliya bo'limi
Yuridik xizmat  ko'rsatish
markazi boshlig`i               Baxit Utemuratov Jiengalievich