Янгиликлар
29
QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR.
QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR.
Hozirgi kunda eng dolzarb mavzulardan biri va qonunchiligimizdagi yangiliklarni ta`kidlab, o`tadigan bo`lsak, kuz oyida ish haqi, pensiya va nafaqalar oshiriladi. Prezident 2024-yil 12- avgustda “Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish to`g`irisida”gi Farmonni imzoladi.
Maqsad- aholi turmush darajasini yanada oshirish, shuningdek, pedagogic va tibbiyot xodimlari mehnatini qo`shimcha rag`batlantirishdir.
Shu jumladan, Prezident tomonidan 07.08.2024 yildagi “Probatsiya tog`risida”gi O`RQ-938-son Qonun imzolandi., hamda Jinoyat kodeksida axloq tuzatish ishlarini ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirish asosi o`zgarmoqda.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari va ijtimoiy xizmatlar klassifkatorlari tasdiqlandi. Hujjat bilan Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari 10 ta guruhga taqsimlamgan 101 ta sub`yektdan iborat. Shu bilan bir qatorda Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligining vazifalari va funksiyalari belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining 05.08.2024 yildagi “Soliq to`lovchilarni hisobga qo`yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha ma`muriy reglamentlarni tasdiqlash to`g`risida” 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash haqidagi 480-sonli qarori qabul qilindi. Hujjat bilan yuridik shaxslarga STIR biriktish bo`yicha reglament tasdiqlanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6- avgustdagi 486-son “Mahallarda aholi muammolarini aniqlash tizimini takomillashtirish chora -tadbirlari tog`risida”gi qarori qabul qilindi.2024-yil 1 oktabrdan boshlab fuqarolarning ijtimoiy-iqtiosdiy mauammolarini aniqlash va hal qilish bilan “Mahalla yettiligi ” vakillari yagona so`rovnoma asosida shug`ullanadi.
Beruniy tumani FHDYO bo`limi 2 -darajali inspektori Kurbanova Dano Kasimovna
.