Янгиликлар
29
Korrupsiya - jamiyatimiz rivojlanishiga to‘isq bo‘luvchi illat.
Korrupsiya - jamiyatimiz rivojlanishiga to‘isq bo‘luvchi illat.
Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda.
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlanmoqda.
Korrupsiya - jamiyatni yemiradi, chiritadi. Shu sababli korrupsiyaga adolat, taraqqiyot tushunchalari begona. Bu borada hammaning o‘ziga xos fikri, tasavvuri va tushunchasi bor.
Mamlakatda konun ustuvorligini ta’minlash va barkaror rivojlanishga eng katta tusik bu korrupsiya balosidir. Shuning uchun korrupsiyaga karshi kurashish masalasi davlat siyosatida markaziy masalalardan biri xisoblanadi. Korrupsiya balosiga ilmiy va nazariy adabiyotlarda turlicha ta’riflar berilgan. Ta’kidlash joizki, 2017 yilda kabul kilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga karshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida, korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yohud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi ekanligi belgilangan.
Albatta, ushbu muammo va uning oqibatlari nihoyatda ulkan. Korrupsiya iqtisodiyotning samarasizligiga va izdan chiqishiga olib keladi. Pora miqdorining o‘sishi narx-navoni qimmatlashtirib, xizmat va tovarlar sifatini yomonlashtiradi. O‘z navbatida, bunday holat taraqqiyotga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun sud, prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi salohiyatini mustahkamlash masalasi ustuvor sanaladi.
Korrupsiyaga sarshi kurashuvchi maxsus vakolatli organlar: Korrupsiyaga karshi kurashish agentligi; Bosh prokuratura; Davlat xavfsizlik xizmati; Ichki ishlar vazirligi; Adliya vazirligi; Bosh prokuratura xuzuridagi Iktisodiy jinoyatlarga karshi kurashish departamenti.
O‘zbekiston 2008 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. 2010 yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Istanbul harakat rejasiga qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomada “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak”, deb ta’kidlagan edi.
Har bir odam o‘z ishini halol bajarsa, u “hallollik vaksinasi” bilan emlangan bo‘ladi.
Shu sababli, jamiyatimizda korrupsiyani yo‘qotish uchun insonlarni “hallollik vaksinasi” bilan emlash zarur.
Nukus shahar adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i T.Utemiratov