Янгиликлар
26
Gerbli guvohnomalar
Gerbli guvohnomalar
Dalolatnoma yozuvlari asosida tartib raqami va seriyasi bo‘lgan, FHDY organining muhri va mansabdor shaxsining imzosi qo‘yilgan gerbli guvohnomalar beriladi.
FHDY organlarida guvohnomalarning hisobga olinishi va ularning saqlanishi uchun ularning mudirlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida — ularning raislari, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida esa — konsullar mas’ul hisoblanadi.
Agar gerbli guvohnomalarning saqlanishi uchun mas’ul shaxs uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmaganda, u holda gerbli guvohnomalar dalolatnoma bo‘yicha uning vazifasini vaqtincha ijro etayotgan mansabdor shaxsga topshiriladi.
Gerbli guvohnomalarning kamchiligi, nuqsonlari, yo‘qolganligi va o‘g‘irlanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga maxsus xabarnoma jo‘natiladi.
Gerbli guvohnomalar yo‘qolgan har bir holatda hududiy adliya organi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi va aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq qat’iy choralar ko‘rilishi lozim.
Gerbli guvohnomalarni hisobga olish va sarflash daftarlari aniq va ravshan to‘ldirilishi kerak.
Gerbli guvohnomalarni sarflashda ularning raqamlari yozilishida ketma-ketlik qoidasini buzish, daftardagi yozuvlarni chizish va o‘chirish qat’iyan man etiladi. Ushbu daftarlarga kiritilgan har bir tuzatish izohlanishi zarur.
Gerbli guvohnomalar muhrlanadigan seyflarda saqlanishi kerak.
Qo’ng’irot tumani adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti: O.T.Matyakupov