Янгиликлар
22
FHDY sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
FHDY sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
Bugungi kunda aholiga fuqarolik holati bilan bo`g`liq huquqiy xizmat ko`rsatish sifatini yanada yaxshilash va xizmat ko`rsatish muddatini qisqartirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumaladan, Hukumatning 2023-yil 20-oktabrdagi “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to`g`risida”gi 550-son qarori qabul qilinishi bilan, FHDY sohasini tartibga soluvchi 10 dan ortiq Hukumat qarorolari bekor qilinib, normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirilgani bilan bir qatorda tug`ilganlik haqida birlamchi hamda takroriy guvohnomani YIDXP orqali electron so`rovnoma yuborish va bevosita FHDY bo`limidan yoki pochta aloqasi orqali yashash manzilda turib guvohnoma olish imkoni yaratildi.
Bundan tashqari Prezidentimizning “Ma`muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas`uliyatini yanada oshirish hamda ihcham boshqaruv tizimini shakllantirish to`g`risida”gi 2024-yil 24-maydagi 80-sonli farmoniga asosan tuman va shahar adliya bo`limi, Yuridik xizmat ko`rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limlari tomonidan fuqarolar kundalik hayotida uchrayotgan muammolarining yechimlari bo`yicha sayyor qabullar tashkil qilinib kelinmoqda. Uzoq hududda yashovchi hamda kelish imkoniyati yo`q fuqarolarimizning muammolari uyma-uy yurish tamoili orqali o`rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda huquqiy yurdam ko`rsatilmoqda.
Bu kabi o`zgarishlar soha hodimlarining ish hajmini avtomatlashtirish, jamoaviy birdamlik ruhini ko`tarish, kasb etikasiga rioya qilish va hodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko`nikmalarini rivojlantirish hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini tez va sifatli ko`rsatish uchun FHDY tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
To`rtko`l tumani adliya bo`limi
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori
Nurullayeva.A