Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Xodimning ustama pullari toʼlab berildi


Xodimning ustama pullari toʼlab berildi

Joriy yilning may oyida Toʼrtkoʼl tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni joriy qilish va taʼlimni raqamlashtirish boʼlimida metodist lavozimida ishlab kelayotgan S.I. Toʼrtkoʼl tumani adliya boʼlimiga murojaat qilib, oʼz murojaatida unga boʼlim tomonidan toʼlanishi lozim boʼlgan 8 129 734 soʼm ustama pullari shu kunga qadar toʼlanmasdan kelayotganligini maʼlum qilgan.
Mazkur murojaat Toʼrtkoʼl tumani adliya boʼlimi tomonidan oʼrganib chiqildi. Oʼrganish natijasida, haqiqatdan ham boʼlim tomonidan xodim S.I.ga 2024-yilning aprel-may oylari uchun jami 8.129.734 (sakkiz million bir yuz yigirma toʼqqiz ming yetti yuz oʼttiz toʼrt) soʼm miqdorida ustama mablagʼlari toʼlanmasdan turganligi aniqlandi.
Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevral kungi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5349-sonli Farmonining 7-bandi “g” kichik bandida “davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga masʼul boʼlgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan boʼlsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʼlari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam boʼlmagan miqdorda belgilanadi”, deb koʼrsatilgan.
Murojaatni oʼrganish natijasiga koʼra, tuman adliya boʼlimi tomonidan xodim S.I.ga 2024-yilning aprel-may oylari uchun toʼlanishi lozim boʼlgan 8 129 734 soʼm ustama pul mablagʼlarini toʼlab berish yuzasidan, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi boshligʼi nomiga taqdimnoma kiritildi va xodim S.I.ga toʼlanmasdan kelinayotgan 8 129 734 soʼm ustama pullari toʼlanishi taʼminlandi.

I.Qurbanbayev,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti