Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Qonunchilik targʼiboti Oʼqishga kirish uchun xotin-qizlar uchun imtiyoz va kafolatlar


Qonunchilik targʼiboti
Oʼqishga kirish uchun xotin-qizlar uchun imtiyoz va kafolatlar

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyun kungi «Mutaxassisligi boʼyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʼlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida”gi 322-son qarori qabul qilingan.
Ushbu qarorning1-Ilovasi bilan “Mutaxassisligi boʼyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʼlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish tartibi toʼgʼrisida” NIZOM tasdiqlangan.
Ushbu Nizomga koʼra, mutaxassisligi boʼyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʼlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga qabul qilinishi belgilangan.
Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʼlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʼmitasining tavsiyanomasiga ega boʼlishlari  lozim.
Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar mutaxassisligi boʼyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʼlgan, lekin oliy maʼlumotga ega boʼlmagan, oʼrta maxsus yoki professional taʼlim muassasalarini tamomlagan talabgorlar joriy yilning 1 iyuniga qadar ariza bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar boʼlimlari huzuridagi Mutaxassisligi boʼyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʼlgan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish masalasini koʼrib chiqish boʼyicha doimiy yashash yoki vaqtincha roʼyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʼchirma;
oʼrta-maxsus yoki professional taʼlim boʼyicha diplom.
Qarorga koʼra, tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo oʼqishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega boʼladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta oʼrindan biri orqali kontraktga oʼqishga kirishi mumkin.
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʼrnatilgan tartibda 1-7 iyunь kunlari koʼrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʼgʼrisida xulosa qabul qilinadi.
Ishchi guruh xulosasi asosida xotin-qizlarga tavsiyanoma berishga tavsiya etish yoki uni rad etish toʼgʼrisida 7-10 iyunь kunlari tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʼlimi boshliqlari tomonidan qaror qabul qilinadi hamda uni Oila va xotin-qizlar qoʼmitasiga koʼrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Har yili 10 iyundan 14 iyunga qadar Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi tomonidan taqdim etilgan qaror va unga ilova qilingan hujjatlar koʼrib chiqilib, Qoʼmita raisining tavsiyanomalarni berish yoki uni rad etish toʼgʼrisidagi buyrugʼi chiqariladi.
15 iyunga qadar tavsiyanomalar oʼrnatilgan tartibda oʼz egalariga yetkaziladi.
Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy taʼlim muassasasiga qabul qilinishi uchun amal qiladi.
Mazkur Nizomga koʼra, tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:
Jumlada,oʼrta maxsus yoki professional taʼlim boʼyicha mutaxassislikka ega boʼlishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;
oʼrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʼyicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega boʼlishi.
Xulosa oʼrnida aytganda, mazkur Nizom tom maʼnoda, yurtimizda xotin qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularga beriladigan imtiyoz va kafolatlarni yanada kuchaytirish,mutaxassisligi boʼyicha kamida besh yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʼlmagan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlov natijalariga koʼra toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga qabul qilish boʼyicha tartiblarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qilishi,shubhasiz.
Toʼrtkoʼl  tuman adliya boʼlimi,
Yuridik  xizmat koʼrsatish  markazi  boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov