Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Olis hududlarda amalga oshirilayotgan sayyor xizmatlar


Olis hududlarda amalga oshirilayotgan sayyor xizmatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  20.04.2022 yildagi PF-113-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmonida 2022-yil 1-avgustdan boshlab:
a) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi (keyingi o‘rinlarda — Mobil-ID tizimi) joriy etilsin;
b) shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;
shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro tomonidan bevosita Markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi hamda Markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qo‘l barmog‘i izi olinadi va mobil telefon raqami YIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog‘lanadi;
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro tomonidan YIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qo‘llaniladi hamda mobil telefon raqami YIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bog‘lanadi;
bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi;
fuqaroning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga ko‘ra va belgilangan to‘lovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuborilishi belgilangan.
davlat organlarining tashabbusi asosida proaktiv davlat xizmatlari hamda bitta so‘rov bo‘yicha o‘zaro bog‘liq kompozit davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish;
o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish ko‘nikmalarini oshirib borish belgilangan bo’lib.Bu xizmatlar sayyor shaklda olis hududlarga borilgan holda amalga oshirilayotganligi hamda bu belgilangan imkoniyatlardan barcha birdek foydalanishga markaz xodimlari tomonidan jonbozlik ko’rsatilayotganligi ham fuqarolarda davlat xizmatlarga nisbatan ishonch hamda shukronalik hissining vujudga kelishiga zamin yaratadi.

Beruniy tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuristkonsulti                                                                                         M.Xaytbayev