Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Qonunchilikdagi yangiliklar


                                                                     Qonunchilikdagi yangiliklar

Oʼtgan hafta davomida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga oid bir qator qonunlar imzolandi.
Jumladan, 2024-yil 7-avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 9 bob va 71 moddadan iborat “Probatsiya toʼgʼrisida”gi OʼRQ-938-son qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonunga koʼra, probatsiya – muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini taʼminlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy taʼsir koʼrsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Shu bilan birga, qonunga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakatimizda probatsiyani amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosati roʼyobga chiqarilishini taʼminlaydi.
Qonunga koʼra, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining probatsiya xizmati probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatli organi etib belgilandi.
Mazkur qonunning 13-moddasiga koʼra, Probatsiya nazoratini amalga oshirishga koʼmaklashuvchi subyektlar jumlasiga quyidagilar kiritilishi belgilandi.
Unga koʼra, ushbu qonunning 14-moddasiga koʼra, mehnat organlari; 15-moddasi davlat sogʼliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʼliqni saqlash muassasalari, 16-moddasi Oila va xotin-qizlar qoʼmitasi hamda uning hududiy boʼlinmalari, 17-moddasi taʼlim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, 11-moddasi taʼlim tashkilotlari hamda 18-moddasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʼlinmalari va 20-moddasiga koʼra fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqaruv organlari yurtimizda Probatsiya nazoratini amalga oshirishga koʼmaklashuvchi asosiy organlar etib belgilandi.
Mazkur qonunga asosan, shaxsni probatsiya hisobiga qoʼyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya akti yoxud afv etish uchun asos boʼlishi belgilandi.
Shaxsni probatsiya hisobiga qoʼyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya akti yoxud afv etishga asos boʼladi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov