Янгиликлар
O‘qituvchiga moddiy yordam to‘lab berilishi ta’minlandi
Bo‘zatov tumani 7-son umumta’lim maktab o‘qituvchisi A.Imangalievning “tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan moddiy yordam puli to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib” tuman adliya bo‘limiga yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro A.Imangaliev tumandagi 7-son umumta’lim maktabning “Jismoniy tarbiya” fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Shikoyat arizani o‘rganish jarayonida fuqaro A.Imangaliev joriy yil may oyida maktab direktori nomiga turmush o‘rtog‘ining kasalligi sababli moddiy yordam berishni so‘rab ariza bilan murojaat qilganligi sababli maktab direktori rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilganligi va maktab direktorining 2025-yil 24-mayda A.Imangalievga bir oylik ish haqi miqdorida moddiy yordam puli to‘lab berish haqida 237-13-216-DUM/2025-son buyrug‘i qabul qilinganligi aniqlandi.
Lekin, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan shikoyatni o‘rganish kuniga qadar A.Imangalievga moddiy yordam puli to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Vaholangki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi haqidagi»g‘i Nizomning 33-bandida «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam xodimning o‘zi yoki yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi. Bunda kalendar yil davmida bir xodimga to‘lanadigan moddiy yordamlarning jami miqdori uning lavozim oyligi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorining ikki barobaridan oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi»-deb belgilangan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, A.Imangalievning manfaatini ko‘zlab tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga kiritilgan taqdimnoma asosida A.Imangalievga moddiy yordam puli o‘ndirib berilishi ta’minlandi.
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i Kazbek Paluaniyazov