Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati to'g'risida


Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati to'g'risida

O'zbekiston Respubikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyun kungi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5168-son Qaroriga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan O'zbekiston Respubikasining barcha tuman, shaxarlarida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etilgan.
Mazkur qarorga asosan Markazning asosiy vazifalari etib yuridik xizmat ko’rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari (keyingi orinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatini huquqiy jihatdan ta'minlash, davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o'z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta'minlash, davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo'lishini ta'minlash, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko'maklashish hisoblanadi.
Xususan, Markaz tomonidan "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali 2024-yil 2-chorak yakuni bo'yicha 14 124 ta hujjat loyihalari kelib tushgan bo'lib, shundan 14 101 tasiga ijobiy xulosa berilgan bo'lib, 23 hujjatlar qonun hujjatlari talablariga zid bo'lganligi sababli rad etilgan.
Markaz tomonidan jami 208 ta targ'ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo'lib, shundan 112 tasi og'zaki huquqiy targ'ibot davra suhbatlari, 26 ta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar hamda 70 tasi zamonaviy-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining ijrosi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazilgan.
Davlat organlari manfatini ko'zlab 5 ta talabnoma, jami 25.133.865 sumlik debitor qarzdorlik o'ndirilgan, shuningdek sudlarga 3 ta da'vo ariza kiritilib 16.239.000 sum o'ndirilgan.
Xulosa o'rnida, hozirgi vaqtda Taxiatosh tumani Yuridik xizmat korsatish markazi tomonidan davlat organi va tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlıgi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda hámda davlat organi va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda puxta va sifatli bo'lishi ta'minlanmoqda.

Taxiatosh tumani yuridik
xizmat korsatish markazi
boshlig'i                                                                                    O.Babanov