Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Ayrim fermer xo`jaliklari ishchilarining mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlari qaytarib beriladi


Ayrim fermer xo`jaliklari ishchilarining mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlari qaytarib beriladi

    "Qishloq xo`jaligida aholi bandligini oshirish va er uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PQ–69-son Prezident qarori 2023-yil
23-fevral kuni qabul qilindi.
     Qarorga ko`ra, 2023-yil 1 apreldan 2024-yil 1 maygacha eksperiment tariqasida respublika byudjetidan paxta yoki g`alla etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo`jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlari bo`yicha to`langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etiladi:
      qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan har bir gektar er uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligi ta`minlanganda;
      har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to`lash tarzidagi daromad mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo`lmagan miqdorda belgilanganda;
      paxta yoki g`alla etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo`jaligi o`tgan yil yakuni bo`yicha Soliq kodeksi talablariga javob berganda.
      2023-yil 1 apreldan tadbirkorlar yangi qurilgan ko`p qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan 2023-yil 1 yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan ularning mol-mulkiga hisoblangan summani quyidagi pasaytiruvchi koeffisientni qo`llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq bo`lmagan muddatga to`laydi:
️3 qavatli binoga – 0,9;
️4 qavatli binoga – 0,8,;
️5 qavatli binoga – 0,7;
️6 qavatli binoga – 0,6;
️7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5.

Nukus shahar adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                                           M.M.Xojaxmetova