Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo‘nalishlari


Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo‘nalishlari

Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-       son Farmoniga  O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan milliy stradegiyasi ishlab chiqildi.
Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan.
Ma’lumki, O‘zbekiston qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid siyosiy-huquqiy hujjatlar BMT, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doiralarida imzolangan.
Hozirda O‘zbekiston BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan asosiy 13 ta hujjatini ratifikatsiya qilgan. BMT Xavfsizlik kengashi Aksilterroristik qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi xalqaro hamkorligi yuksak baholanadi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida “uch yovuz kuch”, ya’ni “terrorchilik”, “ayirmachilik” (separatizm) va “ekstremizm”ga qarshi kurashda xamkorlikni rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. 2004 yildan beri Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yuritmoqda.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, shuningdek, yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy va diniy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, turli diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashni yanada faollashtirish hamda yoshlarni yot g‘oyalarga qo‘shilib ketishining oldini olish maqsadida diniy soha xodimlari quyidagilarga ahamiyat qaratishi zarur hisoblanadi:
- joylarda fuqarolar ichida din bilan bog‘liq jarayonlardan doimiy ravishda boxabar bo‘lib yurish,  vaziyatning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralar bilan amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash;
- o‘quv muassassalari, mahalla yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish;
- ta’lim muassasalarida «Tinchlik eng oliy ne’mat», «Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q», «Diniy-ekstremistik oqimlar – davlat va jamiyatga tahdid» kabi mavzularda davra suhbati va seminar-mashg‘ulotlar son va sifatini oshirish, tadbirlarda diniy ekstremistik va terroristik guruhlarning asl qiyofasini fosh etuvchi, jinoyatlari aks etgan videotasvirlardan foydalanish;
- joylarda masjid va alohida uylarda(hujralarda) noqonuniy diniy ta’lim berish holatlariga barham berish yuzasidan tushuntirish ishlari tizimli o‘tkazish;
- mahalliy OAVda diniy ekstremizm va missionerlik g‘oyalarining jamiyatga tahdidi haqida davra suhbatlarida ishtirok etish, xalqaro terrorizm hamda diniy ekstremizm g‘oyalari zamirida g‘arazli geosiyosiy maqsadlar yotganligi, aqidaparastlar islomni buzib talqin qilishlarini asosli tarzda fosh etuvchi chiqishlarni ko‘paytirish;
- hokimiyat, korxona, tashkilot, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari bilan hamkorlikda xayriya faoliyatini kuchaytirish orqali ekstremistlar uchun «faoliyat maydonini» toraytirish va yo‘qqa chiqarishga alohida e’tibor qaratish;
- diniy-ekstremistik oqimlar tarkibida sodir etgan jinoyati uchun jazo o‘tagan, hozirda tuzalish yo‘liga kirgan va amnistiya tufayli ozodlikka chiqqan shaxslar bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarda qatnashish, ularga aqidaparastlikning asl mohiyati va zararli oqibatlarini tushuntirish kerak.

Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi  bosh yuriskonsulti                                                            
S.Nurmaxashev.