Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Konstitutsiya va uning huquqiy asoslari


Konstitutsiya va uning huquqiy asoslari

Malumki, yangilangan Konstitutsiyaning 16-moddasi, ikkinchi qismida “Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi” deb, ilk marotaba belgilab qoʻyildi. Mazkur konstitutsiyaviy norma Asosiy Qonunning 2023 yil
30 aprelga qadar boʻlgan tahririda nazarda tutilmagan. Demak, ushbu yangi norma bilan har qanday qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar faqat Konstitutsiya asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinishi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyildi.
Shuningdek, fuqarolar ham “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan referendum yoʻli bilan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli.
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilinadi (9-modda).
Qonun chiqaruvchi hokimiyat: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari esa, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega (10-modda).
Davlat boshligʻi: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi (12-modda).
Hukumat: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi (12-modda).
Mahalliy davlat hokimiyati: Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari o'z vakolatlari doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Viloyat, tuman va shahar hokimi o'z vakolatlari doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi (16-modda).
Soʻnggi yillarda yangi O'zbekistonda milliy parlament faoliyatini yanada takomillashtirilishi natijasida yuqori palata – Senatning vakolatlari sezilarli darajada kengaydi.
Masalan, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonuniga 2021 yil 14 yanvarda O'RQ–666-sonli Qonunga asosan kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, Senat - xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish vakolatiga ega bo'ldi.
Konstitutsiyaviy sud esa,  Konstitutsiyaga muvofiqligi xususida shubha tug'dirgan aniq normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi va qarorlar qabul qiladi.
Mahalliy davlat hokimyati organlari qarorlari deganda, qonunchilikka muvofiq qabul qilingan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi (mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organi), shuningdek, viloyat, tuman, shahar hokimi (ijroiya hokimiyat) tomonidan qabul qilinadigan normativ xarakterga ega bo'lgan qarorlar tushuniladi.
Ikkinchidan, Senatga xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlarini bekor qilish haqidagi masala jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat organlarining, xo'jalik boshqaruvi organlarining ma'lumotlari asosida qo'mitalarning tashabbusi asosida kiritiladi.
Konstitutsiyaviy sudga esa, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash haqidagi masalani ko'rib chiqish “O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to'g'risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 27-moddasi, birinchi qismida ko'rsatilgan sub'ektlar tomonidan kiritiladi.
Uchinchidan, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga zid keladigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha Senat qaror qabul qiladi.
Biroq, hozirgi kunda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari O'zbekiston Respublikasining qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini, O'zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarini tegishli tartibda oʻrganib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga muntazam ravishda taqdim etib kelmoqda. Bunday amaliyot uzoq yillardan buyon shakllanib ulgurgan. Bizningcha bu juda toʻg'ri, amaliyot hisoblanadi.
Xulosa oʻrnida aytish joiz, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining, ikkinchi qismida belgilangan “O'zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning printsip va normalariga zid bo'lishi mumkin emas” mazmundagi konstitutsiyaviy normani amaldagi ijrosini ma'minlash noramativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organlar va mansabdor shaxslarni asosiy vazifasi boʻlmogʻi lozim.

Xoʻjayli tumani adliya boʻlimining
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                                                G.Faxratdinova