Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uzluksiz ish staji uchun tarif stavkalariga ustamalar to'lash tartibi.


Davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uzluksiz ish staji uchun tarif stavkalariga ustamalar to'lash tartibi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21-dekabrdagi  276-sonli qarori bilan  davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to'lash tartibi va shartlarini tartibga soluvchi Nizom tasdiqlangan. Shu jumladan, ustama to'lash shartlari ham.
U tarif stavkasidan foizlarda belgilanadi. Shunday qilib, ko'p yillik ish staji uchun shifokorlar, o'rta va kichik tibbiyot xodimlari, shuningdek sog'liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika xodimlari uchun uzluksiz ish stajida quyidagi ustamalar  belgilanadi:
•    5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5% miqdorida;
•    10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10%;
•    15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15% (oliy ma'lumotli hamshiralar uchun – tarif stavkasining 20%);
•    20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20% (oliy ma'lumotli hamshiralar uchun – tarif stavkasining 30%).
Ustamalar to'lashning boshqacha tartibi belgilangan sog'liqni saqlash musassalari xodimlarining ayrim toifalari bundan mustasno .
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassisligi bo'yicha uzluksiz ish stajini hisoblab chiqarish tartibi mazkur Nizomning 3-son ilovasida ko'rsatilgan. Shu jumladan – mutaxassislik bo'yicha uzluksiz ish stajiga aniq qaysi vaqt davrlari kiritiladi; qaysi hollarda ishga kirishda uzluksiz ish staji saqlanib qoladi va hokazo.
A.Gulimbetov,
Xo'jayli tumani adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i