Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

O’zbekiston Respublikas Prezidentining “O`zbekiston – 2030 strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati to`g`risida


O’zbekiston Respublikas Prezidentining “O`zbekiston – 2030 strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati to`g`risida

2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi Yangi O‘zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq o‘tkazilgan prezidentlik saylovi yana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlaganidan dalolat bermoqda.
Shu bilan birga, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda.
Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlandi.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida asosiy g‘oyalar aks ettirildi va bular quyidagilardan iborat:
barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;
aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.
3. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi tasdiqlandi va uning zimmasiga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, shuningdek, uni amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik dasturlarni tayyorlash va ijrosini muvofiqlashtirish, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasidagi islohotlar bo‘yicha tadbirlarning aholi tomonidan bildirilgan fikr va tashabbuslar asosida sifatli amalga oshirilishi, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishilishini nazorat qilib, natijasi yuzasidan har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilishini ta’minlash vazifalari yuklandi.
5. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni bajarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ijrosi, tegishli maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi va ular doirasida normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ishlab chiqilishi ustidan nazoratni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Adliya vazirligi Hisob palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni tegishli yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilishini tizimli monitoring qilib, uning natijalarini har oyda Respublika komissiyasiga kiritib boradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari o‘z hududlarida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi ijrosining tegishli yillarda hududlar kesimida amalga oshirilishi bo‘yicha har chorakda nazorat tadbirlarini o‘tkazadi;
Vazirlar Mahkamasi har oyda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi amalga oshirilishini Bosh vazir o‘rinbosarlari huzurida tanqidiy ko‘rib chiqishni ta’minlaydi, har chorakda Hukumat majlislarida muhokama qilib boradi hamda o‘z vaqtida va to‘liq bajarilmagan tadbirlar yuzasidan Hukumat a’zolariga, shu jumladan vazirlarga nisbatan tegishli choralar ko‘radi hamda har yarim yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi amalga oshirilishi yuzasidan hisobot taqdim qiladi.


Beruniy tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                         Sh. Masharipov