Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Davlat ramzlari


                                             Davlat ramzlari

Davlat ramzlari —muayyan bir davlatning milliy suverenitetini ifodalaydigan, tarixan tarkib topgan alohida, eng muhim belgilari. Ular bevosita xalq, millat hayoti, anʼanalari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir. Davlat ramzlari mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini oʻzida mujassamlantiradi.
Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgandan keyin oʻz Davlat Ramzlariga ega boʻlishni boshlagan, shu jumladan Bayroq ,Gerb va Madhiya Oʻzbek milliy qadriyatlari va davlatchilik tarixidan kelib chiqib qabul qilingan.
Vatanimiz istiqlolga erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari mamlakatimizning yangi davlat ramzlarida o‘zining yorqin ifodasini topdi.
Davlat bayrogʻi 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan va 407-XXI sonli qonun bilan tasdiqlangan hisoblanadi.
Davlat bayrogʻi toʻrt rangdan iborat ular: moviy, yashil, oq va qizil ranglardan iborat toʻgʻri toʻrtburchak shaklidadir. Bayroqning eng yuqori qismida havorang bilan qoplangan bu esa yurt osmoni doimo tinch, osoyishta va mussaffo boʻlishini bildiradi. Oq rang esa bayroqning oʻrta qismida joylashgan bo'lib, uning ma'nosi ko'ngil pokligi yurt obodligi nishonasidir. Bayroqning quyi qismida yashil rang hilpirab turadi. Bu degani yangilanish , shodumonlik , navqironlik ramzi hisoblanadi. Ikki qizil chiziq havorang va yashil ranglar oʻrtasida joylashgan boʻlib bu tomirlarimizda oqayotgan ajdodlar qonini bildiradi. Bayroqning yuqori qismidagi yarim oy va oʻn ikki yulduz Oʻzbek xalqining birdamliligi va qadimdan barpo boʻlgan davlatchiligi ramzlaridan hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi 1992-yil 2-iyulda Oliy kengashning oʻninchi sessiyasida qabul qilingan. Gerbda oltin vodiy uzra charaqlab turgan quyosh va oʻng tomonda ochilib turgan paxta chanoqlari chap tarafda esa bugʻdoy boshoqlari tasvirlangan. Gerbning eng yuqori qismida davlat birdamliligini anglatuvchi sakkiz qirrali yuduz uni ichida esa yarim oy va yulduz tasviri bor.Ezgulik ,poklik ,tinchlik va barcha ezgu fazilatlarni oʻzida jo qilgan Humo qushi esa Gerbning markazida qanot yozib turadi shuni aytish joizki bularning hammasi Oʻzbekiston xalqi madaniyati va ananalariga mos va hos tanlangan. Gerbning eng pastki qismida Oʻzbekiston bayrogʻi ichga Oʻzbekiston deb yozib qoyilgan.
Oʻzbekiston Davlat Madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan va Oliy Kengashning XI sessiyasida tasdiqlangan. Madhiya xalq shoiri Abdulla Oripov she'ri va Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan. Madhiya oʻn olti qator va ikki naqorotdan iborat hisoblanadi.
Davlat bayrog‘i va Davlat madhiyasi kabi Davlat gerbi ham xalqimiz shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shu ma’noda, davlat ramzlarini e’zozlash – har bir insonning o‘z qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, o‘z mamlakatiga va shaxsan o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash demakdir.

Amudaryo tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i
S.Xaytboyev