Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

«Yoshlar daftari»ga kiritish tartibi to‘g'risida


                   «Yoshlar daftari»ga kiritish tartibi to‘g'risida
«Yoshlar daftari» — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma'lumotlar bazasi.
«Yoshlar daftari»ga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:
- oila a'zosi «Temir daftar», «Ayollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;
- boquvchisini yo‘qotgan, etim yoki ota-ona qaramog'idan mahrum bo‘lgan;
- o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;
- I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
- farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
- jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;
- ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
- yuzaga kelgan holatlar sababli og'ir turmush sharoitida qolgan;
- zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong'inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog'lig'iga, mulkiga zarar etgan;
- «Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;
- haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg'ulotga ega bo‘lmagan;
- davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;
- jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;
- muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;
- psixologik maslahatga muhtoj;
- nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yosh oila;
- dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;
- yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar  kiritiladi.
Shaxsga bir martalik moddiy yordam berilishi uni «Yoshlar daftari»dan chiqarishga asos bo‘lmaydi.
Moddiy yordam shaxsga bir kalendar yil davomida bir marotaba beriladi.
Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmasdan «Yoshlar daftari»ga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Mo’ynoq tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig'i                M.Koluzanov