Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Maktabgacha taʼlim agentligi tugatildi.


                        Maktabgacha taʼlim agentligi tugatildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 2-iyul kuni  “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-98-son Farmoni imzolandi.
Mazkur farmonga koʼra, Maktabgacha va maktab taʼlimida yaxlit davlat boshqaruvi tizimini tashkil qilish, ushbu sohadagi dolzarb muammolarni samarali hal etish maqsadida Maktabgacha taʼlim agentligi tugatiladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi zimmasiga quyidagi qoʼshimcha funktsiyalarni bajarish yuklatildi:
Xususan, ilgʼor xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha taʼlim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
maktabgacha taʼlimning oʼquv reja, dastur va oʼquv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy oʼrta taʼlim dasturlari bilan uzviyligini taʼminlash;
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari orasida sogʼlom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini taʼminlash;
nodavlat va davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʼini kengaytirish, ularga subsidiya va kompensatsiyalar ajratish va boshqalar.
    Аgentlik faoliyatini tugatish natijasida maqbullashtiriladigan 66 ta shtat birliklari quyidagicha taqsimlanadi:
39 ta shtat birligi - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining markaziy apparatiga;
14 ta shtat birligi - Qoraqalpogʼiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga;
13 ta shtat birligi - Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarining metodik xizmat koʼrsatish boʼlimlariga berildi.

Toʼrtkoʼl tumani adliya boʼlimi,
yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
N. Radjapova