Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga ustamalar berish tartibi


Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga ustamalar berish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 1-dekabrdagi PQ-229-son qarorini bajarish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag'batlantirishning amaldagi tizimini yanada takomillashtirish, ular mehnatiga haq to‘lash miqdorlarining bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va yuklanmasi darajasiga, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga bog'liqligini kuchaytirish, shuningdek tibbiyot xodimlarining kasb darajasi va malakasini uzluksiz oshirib borishlari uchun rag'batlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g'risida» 2005-yili 21-dekabr kuni №276 sonli qarori qabul qilindi va ushbu qarorga asos alohida muassasalar, bo‘linmalar va lavozimlarda uzluksiz ish staji uchun ustamalar belgilandi:
Birinchidan shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori -30 foiz;
-shoshilinch tibbiy yordam xizmatining oliy ma'lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan stajning birinchi uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori -40 foiz»;
-qishloq vrachlik punktlari (QVP) vrachlariga va patronaj tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori vrachlar uchun -50 foiz, patronaj tibbiyot hamshiralari uchun esa -40 foiz;
-poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, o‘smirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya bo‘limlari mudirlariga, oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot vrachlariga, umumiy amaliyot tibbiyot hamshiralariga hamda bo‘limlari mudirlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori -40 foiz;
-tez yordam xizmati va sanitariya aviatsiyasining ko‘chma brigadalari katta vrachlari, vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori -30 foiz;
-o‘latga qarshi muassasalarning va alohida xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib borish muassasalarining tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori -80 foiz;
-leprozoriya muassasalari va tarkibiy bo‘linmalarining xodimlariga uzluksiz ish staji uchun: 3 yildan 5 yilgacha bo‘lganda tarif stavkasining 15 foizi; 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda-tarif stavkasining 25 foizi; 10 yildan ortiq bo‘lganda-tarif stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
-bemorlarga ularning uyida xizmat ko‘rsatadigan psixonevrologiya dispanserlarining (psixiatriya shifoxonalari dispanser bo‘limlarining) psixiatr vrachlariga va o‘rta tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ish stajining dastlabki uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yili uchun-tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori -30 foiz.
-tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudirining o‘rinbosari-qishloq vrachlik punktlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchiga: vrachlik lavozimlarida uzluksiz ishlangan umumiy stajning birinchi uch yili uchun va har bir keyingi ikki yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori -50 foiz.
Shuningdek qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga — tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi.Vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:
-uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda -tarif stavkasining 5 foizi miqdorida;
-uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda -tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;
-uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo‘lganda -tarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy ma'lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida;
-uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq bo‘lganda-tarif stavkasining 20 foizi miqdorida belgilanadi, sog'liqni saqlash muassasalari xodimlarining mazkur Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan alohida toifalari bundan mustasno, oliy ma'lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida.
Shu bilan bir qatorda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassisligi bo‘yicha uzluksiz ishlaganligi uchun ustama olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqish tartibi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi. Xodimlarning tarif stavkalariga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar miqdori tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini mehnatga vijdonan munosabati va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkasiga har oylik ustamalar belgilash yo‘li bilan moddiy rag'batlantirish va taqdirlash, ularga mukofotlar berish va bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish Tibbiyot muassasasining moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasi to‘g'risidagi Nizomga muvofiq amalga oshirilishi ko‘rsattilib utilgan.

Kegeyli tumani adliya bo‘limi,
davlat xizmatlari markazi direktori                     A.K.Dauekeev.