Янгиликлар
23
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi organlari.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi organlari.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy davlatchilik an’analarga, qadriyartlarga mos keluvchi vaxalqning xohish-irodasini to’la aks ettira oluvchi o’zini o’zi boshqarish organlari tizimini barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi tushunchasi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi-fuqoralarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularninh o’z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan halda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.
Shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ularraisni saylaydi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o’ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan halda qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli.
Davlat fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faolyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko’maklashadi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari saylovi tartibi, ularning faolyatini tashkil etish va vakolatlari qonun bilan belgilanadi. Bunda xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalari chuqur o’rganiladi va O’zbekiston sharoiti e’tiborga olinadi.
Natijada O’zbekistonning o’ziga xos o’zini o’zi boshqarish organlari vujudga keldi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari Konstitutsiyaning 127-moddasiga asosan fuqarolarning yig’inlari hisoblanadi.
Konstitutsiyaning shu moddasi holatidan ko’rinib turibdiki, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari davlat organlari tizimidan ajratilgan va alohida turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi organdir.
O’zbekiston o’zini o’zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari tizimidan alohida turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi organdir.
O’zbekiston o’zini o’zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari tizimidan alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa tomonlariga mutlaqo yangicha jihatlar kiritildi. Jumladan, deyarli barcha mamlakatlarda (Rossiya, Turkmaniston, Fransiya, Germaniya va hokazo) bu institute mahalliy o’zini o’zi boshqarish deb atalsa, O’zbekiston uni fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish deb atadi. Bu shunchaki nomni o’zgartirish emas, masalaning mohiyatini bildiruvchi holatdir. Mahalliy o’zini o’zi boshqarishga nisbatan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish so’zi o’zini o’zi boshqarishni mustaqil demokratik institute sifatida to’laroq ko’rsatadi. Sababi mahalliy boshqaruv faqat o’zini o’zi boshqaruv orqali emas, davlat organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya’ni mahalliy boshqaruvda davlat ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy vazifasi mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirishdir.
Shuning uchun O’zbekistonda o’zini o’zi boshqaruvning mahalliy o’zini o’zi boshqaruv emas, fuqarolarning o’zini o’zi boshqaruvi dep nomlanishi masalalarining asl mohiyatiga mos keladi va o’zini o’zi boshqaruvning davlat boshqaruvidan holi ekanligini ko’rsatadi.
O’zini o’zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo’nalishi, jahon davlatchiligi va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institute hisoblanadi. O’zini o’zi boshqarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan bo’lib, bu huquq fuqarolarning o’zini o’zi boshqaruv organlari orqali amalga oshiriladi.
O’zini o’zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat ko’rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir.
O’zini o’zi boshqarish tushunchasi bilan o’zini o’zi boshqarish organlari tushunchasi bir biridan farq qiladi. O’zini o’zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat faoliyat bo’lsa, o’zini o’zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi. O’zini o’zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o’zini o’zi boshqaruv fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta’minlovchi muhim vositalardan biridir.
Fuqarolar yig’ini aholi manfaatlarini ifodalash va unung nomidan tegishli hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yig’inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga yetgan shaxslar qatnashadilar.
Fuqarolar yig’ini organlari quyidagilardan iborat:
● fuqarolar yig’ini kengashi;
● fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar;
● fuqarolar yig’ini taftish komissiyasi;
● tuman markazidan olisda joylashgan va boorish qiyin bo’lgan shaharchalar,
qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda
tuziladigan ma’muriy komissiya ( deb yuritiladi).
Fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar, fuqarolar yig’ini taftish komissiyasivama’muriy komissiya saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga ko’rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig’inida (vakillar yigilishida) hozir bo’lganlarning yarmidan ko’progi uni yoqlab ovoz bergan bo’lsa saylangan hisoblanadi.
Aslida o’zini o’zi boshqarish ancha keng faoliyat bo’lib, bir necha harakatlarni o’z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim mamlakatlarning Konstitutsiya va qonunlarida o’zini o’zi boshqarish hisoblanadi. Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkiloti, korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o’zini o’zi boshqarish orqali faoliyat olib boradi.
O’zini o’zi boshqaruv demokratiyaning bir ko’rinishi bo’lib, xalq hokimiyatini ro’yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib brogan sari o’zini o’zi boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatning asosiy sharti va muhim instituti hisoblanadi.
O’zini o’zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etedi. Bu o’zini o’zi boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzilmalar ishida ishtirok etishda ko’rinadi. Biror-bir yo’l bilan o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni cheklash, to’sqinlik qilish mumkin emas.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda o’zini o’zi boshqaruv davlat organlaridan mustaqil deb ko’rsatilgani bilan (Rossiya Konstitutsiyasining 12-moddasida mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi, deb belgilangan) ba’zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. Masalan, Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy boshqaruv ma’muriyati boshlig’i o’lka, viloyat ma’muriyati boshlig’i, davlat organi tomonidan tayinlanishi belgilangan.
O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini aniq bir xil pog’onada mahallalarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning O’zbekistonning siyosiy tizimida o’zining munosib o’rnini topishiga, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik-huquqiy davlat va fuqoralik jamiyati qurish davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga sabab bo’ladi. Albatta shahar va mahallalarda tuzilgan o’zini o’zi boshqarish organlari vakolotlarida farq bor.
O’zini o’zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini ta’minlovchi, ularning ma’naviy tarbiyasiga, ijtimoiy himoyasiga ta’sir qiluvchi va boshqa manfaatlarini ro’yobga chiqarishga hissa qo’shuvchi muhim tuzilmadir. Keyingi paytda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish faoliyati yanada faollashdi va kengaydi. Fuqoralik jamiyati qurishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida kata umid bog’lanmoqda. Buni Prezidentimizning “Biz fuqoralik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana brogan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o’zini o’zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir”, degan so’zlaridan ham bilsa bo’ladi.
Fuqoralik jamiyatida fuqarolar faqat davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish bilan chegaralanmaydi. Bu jamiyatda har bir shaxsning fikri, ovozi e’tiborga olinishi, har bir kishi o’zini to’laqonli shaxs, jamiyatning to’la a’zosi deb xis qilishi kerak. Bunda ham fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining roli kattadir.
O’zini o’zi boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakillantirishda, O’zbekistonning eng kata yutug’i ushbu masalani hal qilishga milliy an’analar, qadryatlarni tiklash, oholining tub manfaatlariga mos keluvchi yo’lni tanlash nuqtai nazaridan yondashish bo’ldi. Ya’ni, o’zini o’zi boshqarishda saosiy tayanch (makon) qilib mahallar belgilandi.
O’zbekiston mahallalari kabi kuchli, samarali va ta’sirchan vosita boshqa mamlakatlarda yo’q. U uzoq davrlardan ijtimoiy hayotda beqiyos o’ringa ega bo’lib kelgan. Inson qalbida Vatan tuyg’usining shakillanishiga, milliy g’ururning vujudga kelishiga, millatchilik illatlaridan holi bo’lishiga kata ta’sir ko’rsatgan.
Mahallalardagi muhit orqali jamoat fikrini to’laroq aniqlasa bo’ladi. Demak, ushbu xislat O’zbekistonga xos xususiyatdir. Bu esa, umume’tirof etilgan demokratiya yo’llariga mamlakatimizning qo’shgan hissasidir. Yoki boshqacha qilib aytganda, O’zbekiston demokratiyani yangi hislatlar bilan boyitmoqda.
Nukus tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuristkonsulti G Izekeeva.