Янгиликлар
19
Yoshlar-imtiyoz va imkoniyatlar
Yoshlar-imtiyoz va imkoniyatlar
Hech bir shubhasiz aytish kerakki,soʼnggi yillarda mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida yoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, oʼz qobiliyat va isteʼdodini roʼyobga chiqarishi uchun barcha sharoitlarni yaratish davlat siyosati darajasiga koʼtarildi.
Oʼtgan davr mobaynida yoshlarni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan, ular hayotiga bevosita taalluqli boʼlgan bir qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Bu oʼz navbatida, mamlakatimizda mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslarni tarbiyalashga huquqiy zamin boʼlib xizmat qilmoqda.
Muhimi, yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularga davlat tomonidan koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrlik miqyosi yildan-yilga kengayib bormoqda.
Аyniqsa, Bosh qomusimizda yosh avlodning huquq va manfaatlari aniq moddalar bilan muhrlab qoʼyilgani, hech shubhasiz, bu boradagi huquqiy bazani yanada kengaytirish, amaliy ishlarimizni yangi bosqichga koʼtarish imkonini bermoqda. Yangilangan Konstitutsiyamizda yoshlarning taʼlim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli boʼlishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilandi.
Bugungi kunda yoshlarga maktab, professional va oliy taʼlim sohasida bilim olishga, zamonaviy kasb-hunar egallashga, madaniyat va sport yoʼnalishlarida oʼz iqtidorini namoyon etishga, turli yoʼnalishlarda oʼz tadbirkorlik faoliyatini yuritishga yaratilgan sharoitlar natijasida yoshlar tomonidan koʼplab sohalarda yangi marralar zabt etilmoqda. Xususan, oliy taʼlim muassasalari soni salkam uch marta koʼpayib, qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga yetgani zamonaviy ilm va kasb sohalarini egallashda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Oxirgi uch yilning oʼzida 250 ming nafar yoshga 6 trillion soʼmdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratildi. Mamlakatimiz boʼyicha 210 ta “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari” tashkil etilib, 4 trillion soʼmlik 2,5 mingta loyiha amalga oshirildi. Natijada, yosh tadbirkorlar soni 2 karra koʼpayib, 200 mingdan oshdi.
Respublikamizdagi barcha mahallalarda prezident vakili yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, bu vazifaga intiluvchan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega, tashabbuskor yoshlar saralab olindi. Mahallada bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyatlar yaratildi. “Yoshlar daftari” tizimi yoʼlga qoʼyilib, soʼnggi ikki yilda 798 ming nafarga yaqin yoshlarga qariyb 1 trillion soʼmlik yordamlar koʼrsatildi. Jumladan, 53 ming nafar ehtiyojmand oilaga mansub talabaga oʼqish uchun kontrakt pullari toʼlab berildi. Oʼtgan davr mobaynida yoshlarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash va ularni ijtimoy, iqtisodiy, huquqiy jihatdan qoʼllab-quvvatlash boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xulosa oʼrnida aytganda, yurtimizda yoshlar siyosati xalqaro umumeʼtirof etilgan huquq va normalar bilan hamohang tarzda olib borilmoqda. Zero, yoshlar davlatimizning eng katta boyligi, bebaho xazinasidir.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov