Янгиликлар
18
Yuridik xizmat ko’rsatish markazining ish faoliyati toʼgʼrisida
Yuridik xizmat ko’rsatish markazining ish faoliyati toʼgʼrisida
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 29-iyun kuni “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5168-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 4-Ilovasi bilan “Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari toʼgʼrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga asosan, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida, yuridik xizmat koʼrsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi. Mazkur Nizomning 5-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish «E-huquqshunos» elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, Nizomning 6-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʼrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yoʼl qoʼyilmasligi qati belgilandi.
Mazkur Nizomga koʼra, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emacligi hamda ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi belgilandi.
Ushbu Nizomning 2-bobi, 13-bandiga markazlarning quyidagi asosiy vazifalari ham belgilandi.
Unga koʼra:
*yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;
*yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam koʼrsatish;
*yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
*yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari oʼz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash;
*davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga koʼmaklashish.
Ushbu qarorga asosan, 2021-yil 4-oktyabrdan boshlab Markaz tomonidan tumandagi 12 ta yuridik jihatdan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Shu bilan bir qatorda, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kuni Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi PQ-173-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 2-bandiga koʼra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab Markaz tomonidan qoʼshimcha ravishda tumandagi 10 ta davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Аyni kunda, Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan tumandagi 120 dan ziyod davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan ichki idoraviy boshqaruvga oid yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash, shuningdek nizolar yuzasidan sudlarda ularning manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida yuridik xizmat koʼrsatib kelinmoqda.
Joriy yil 2-chorak davomida Markaz tomonidan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan 15 551 ta yuridik tusga ega hujjat loyihalari ekspertizadan oʼtkazildi.
Shundan, 15125 tasiga ijobiy, 3 ta hujjatga qonunchilikka nomuvofiq boʼlgani uchun salbiy xulosalar berilgan. Shuningdek, 423 ta hujjat kamchiliklari bartaraf qilinishi uchun rad etilgan.
Hisobot davrida yuridik xizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar manfaatlarini koʼzlab shartnomaviy munosabatlarda xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga 6 ta talabnoma kiritilgan va iqtisodiy sudlarga tashkilot qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 3 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari, yuridik xizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish boʼyicha 135 ta targʼibot tadbirlari oʼtkazildi, shundan 55 tasi ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan.
Xulosa qilib aytganda, Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan tumandagi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash boravarida, xoʼjalik yurituvchi subyektlar oʼrtasida shartnomaviy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan nizolar yuzasidan sudlarda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish boʼyicha malakali yuridik xizmat koʼrsatilib kelinmoqda
Ilxom Qurbanbayev,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti