Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

“Halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifamizdir



“Halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifamizdir
  
   Davlat rahbarimizning “Ongli va qalbi bolalikdan “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish ustuvaor vazifamizdir” deganidek, mamlakatimizda korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish va bu illatni butunlay yoq qilishda samaradorli ishlar olib borilmoqda. Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibini nazarda tutuvchi  “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilingan.
   Ushbu Nizom “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
  Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
- fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan o‘zlariga nisbatan pora talab qilgan shaxs haqida yoki o‘zlariga ma’lum bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga bergan xabari asosida bunday huquqbuzarlik fosh etilishi;
- nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining yoxud davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisi o‘ziga nisbatan pora berishni taklif etgan yoki pora talab qilgan shaxs haqida yoxud o‘ziga ma’lum bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga (korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarning xodimlari esa bevosita o‘z rahbariga) bergan xabari asosida huquqbuzarlik fosh etilishi;
- korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan xabar asosida qidiruvdagi shaxs ushlanishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno.
    Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
a) korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;
b) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lsa:
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida;    
og‘ir jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida;
o‘ta og‘ir jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida;
v) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lsa:
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun-bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida;
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida;
og‘ir jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida;
o‘ta og‘ir jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida;
g) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ko‘p bo‘lsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:
ancha miqdor uchun — pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatining o‘n besh foizi miqdorida;
ko‘p yoki juda ko‘p miqdor uchun — pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatining o‘n foizi miqdorida.
  
  Bunda pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatini foizlarda hisoblashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorning eng kam miqdoridan kelib chiqiladi;
d) qidiruvda bo‘lgan shaxsning yashiringan joyi haqida xabar berganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, ikki yoki undan ortiq qidiruvda bo‘lgan shaxslarning yashiringan joyi haqida bir vaqtda xabar berganligi uchun esa — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida rag`batlantirish belgilangan.

     Taxiatosh tumani YXKM
bosh yuristkonsulti  Bayniyazova.Z