Янгиликлар
12
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga 120 million so'mgacha ipoteka krediti beriladi
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga 120 million so'mgacha ipoteka krediti beriladi
2024-yil 30-aprelda "Ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-70-son Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmon bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturini amalga oshirishga qaratilgan.
Mazkur farmon asosida quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi:
- hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat ko'p qavatli uy-joylar quriladi;
- qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo'yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi;
- ko'p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga "yashil" uy-joy standartlari joriy qilinadi;
- ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so'm mablag' yo'naltiriladi;
- kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun 120 million so'mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi;
- banklarning o'z mablag'lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalaniladi;
- ipoteka kreditlari 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to'rt foiz bandga yuqori stavkada ajratiladi;
- dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi;
- birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug'urta qilish talabi bekor qilinadi;
- ipotekani qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etiladi;
- 2024-yil 1-maydan boshlab birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug'urta qilish talabi bekor qilinadi;
- "Yashil" uy-joy standartlari joriy etiladi va 2024-yil 1-oktabrgacha tasdiqlanadi;
- 2025-yil 1-apreldan "yashil" uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga "yashil" ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
Shular qatorida e’tiboringizni quyidagi yangi normaga qaratmoqchiman, ya’ni 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.
Bunda:
ipoteka kreditlari 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to'rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;
ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi.
Mazkur farmon aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash va qurilish sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadamdir.
S.Raimbekova,
Beruniy tumani adliya bo`limi boshlig`i,
I darajali yurist