Янгиликлар
12
Xodimning huquqlari tiklandi
Xodimning huquqlari tiklandi
Toʼrtkoʼl Аbu Аli Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktorining ishlab chiqarish taʼlimi boʼyicha oʼrinbosari А. J. Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimiga murojaat qilib, oʼzining murojaatida Beruniy tumanlararo Fuqarolik sudining 2024- yil 5- aprel kungi Hal qiluv qaroriga asosan, 2024-yil
29- yanvardan avvalgi oʼzining Toʼrtkoʼl Аbu Аli ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktorining ishlab chiqarish taʼlimi boʼyicha oʼrinbosari lavozimiga tiklanganligi hamda uning foydasiga ish beruvchidan ish haqi va majburiy progul vaqti uchun jami 9177958 soʼm, maʼnaviy zarar, 5000000 soʼm va sud xarajati uchun 34000 soʼm undirib berishni soʼragan.
Mazkur murojaatni oʼrganish natijasida, haqiqatdan ham ish beruvchi tomonidan А.J.ning foydasiga ish haqi va majburiy progul vaqti uchun 9177958 soʼm, maʼnaviy zarar 5000000 soʼm va sud xarajati uchun 34000 soʼm pullar toʼlab berilmaganligi aniqlanib, ish beruvchiga ushbu pul mablagʼlarini toʼlash boʼyicha, tuman adliya boʼlimi tomonidan taqdimnoma kiritildi.
Natijada, xodim А.J.ga toʼlanmasdan kelinayotgan ish haqi va majburiy progul vaqti uchun 9177958 soʼm, maʼnaviy zarar 5000000 soʼm va sud xarajati uchun 34000 soʼm pullar toʼlab berilishi taʼminlandi va xodimning huquqlari tiklandi.
Nasiba Аbduraxmanova,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti