Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

FUQАROLАRNING – HUQUQ VА ERKINLIKLАR DАVLАT HIMOYASIDА


                            FUQАROLАRNING – HUQUQ VА ERKINLIKLАR DАVLАT HIMOYASIDА

Taʼkidlash joyizki, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari birinchi navbatda bosh qonuninmiz  hisoblangan Konstitutsiyada  oʼz  aksini topgan.
Konstitutsiya – (lotincha soʼzdan olingan boʼlib, “conctitutio – oʼrnatish, tuzilish maʼnoasini angalatadi) avvalo inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini eʼlon qilish, belgilash, kafolatlash bilan birga davlat tuzilishi asoslarini, hokimiyat markaziy va mahalliy organlarini tashkil etish asoslarini, ularning vakolatlarini va oʼzaro munosabatlarini, davlat ramzlari va poytaxtni belgilovchi qonun hujjati, hujjatlar yoki konstitutsiyaviy odatlar majmui xisoblanadi.
Taʼkidlash mumkinki, Konstitutsiya butun xalq yoki jamiyatning barcha ijtimoiy guruhlarining manfaatlarini va irodasini oʼzida ifoda qiluvchi davlatning asosiy qonunidir.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlariga va davlat suvereniteti gʼoyalariga sodiqligini tantanali ravishda eʼlon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatini anglagan holda, oʼzbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini taʼminlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʼzlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini taʼminlash maqsadida qabul qilinganligi Bosh Qomusimizning muqaddimasida koʼrsatib oʼtildi.
Har qanday davlatning demokratik boshqaruvdagi asosiy mezon bu – fuqarolarga berilgan huquqlar va erkinliklarning qanchalik darajada kafolatlanganligidir. Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari, shaxsning jamiyatda tutgan oʼrni, davlat munosabatlarini belgilaydigan huquqiy hujjatlarning asosi xisoblanadi.
Shu oʼrinda taʼkidlash kerakki, inson huquqlari va erkinliklarining davlat tomonidan kafolatlanishida keng koʼlamda huquq va erkinliklarni eʼlon qilish, fuqarolar tengligini tan olish bilan davlat odamlarni hayot kechirish vositalari manbaalari bilan toʼla taʼminlash majburiyatini oʼz zimmasiga olmaydi. Bunda davlatning asosiy – insonlar oʼz qobiliyat va extiyojlarini toʼla namoyon qilishlari va amalga oshirishlari uchun zarur boʼlgan dastlabki keng imkoniyatlarni va jarayonlarni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratib berishdan iborat.
Bunday berilgan huquq va erkinliklardan kishilar davlat, jamiyat va boshqalarning huquqlarini buzish evaziga oʼz maqsadlarida foydalanishlariga yoʼl qoʼyilmaydi.
Konstitutsiya 6-boʼlim, 26-bob va 128-moddadan iborat boʼlib, unda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini eʼlon qilish, belgilash, kafolatlash bilan birga davlat tuzilishi asoslarini, hokimiyat markaziy va mahalliy organlarini tashkil etish asoslarini, ularning vakolatlarini va oʼzaro munosabatlarining konstitutsiyaiy asoslari yaratildi.
Аsosiy qonunda eng muhim masala bu inson huquqi, erkinligi va burchlari masalasidir. Konstitutsiya oʼzbek qonunchiligi tarixida birinchi bor toʼliq maʼnoda barcha demokratik tamoyillarga binoan insonni ulugʼlash, uning haq-huquqlarini kafolatlashdek ulugʼvor ahamiyat kasb etuvchi masalani hal etdi.
Konstitutsiyaga muvofiq inson kim va qanday ijtimoiy shart-sharoitda yashamasin, u qonun oldida barcha bilan barobar ekanligi, inson, uning hayoti va erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyat xisoblanadi.
Аsosiy Qonunimizning ikkinchi boʼlimi inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bagʼishlangan boʼlib, unda umumiy qoidalar qatʼiy belgilab qoʼyilgan, misol uchun, Konstitutsiyaning 18-moddasiga koʼra: “Oʼzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʼlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qoʼyiladi”.
Bunda imtiyozlarni belgilanishi toʼliq adolat printsiplariga mos boʼlishi shartligi hamda barchaning qonun oldida tengligi va imtiyozlar faqat qonunda belgilangan boʼlishi bilan xarakterlanishi nazarda tutilgan.
Konstitutsiyaning VII-bobida (24-31-moddalar) shaxsiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy kafolatlari belgilangan boʼlib, unda yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanligi, inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʼir jinoyat sifatida qaralishi, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egaligi, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emasligi, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora koʼrib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi, sudda ayblanayotgan shaxsga oʼzini himoya qilish uchun barcha sharoitlar taʼminlab berilishi, hech kim qiynoqqa solinishi, zoʼravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi, hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar oʼtkazilishi mumkin emasligi, har kim oʼz shaʼni va obroʼsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga egaligi, hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv oʼtkazishi yoki uni koʼzdan kechirishi, yozishmalar va telefonda soʼzlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emasligi, Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga koʼchish, Oʼzbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga egaligi, qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasno ekanligi belgilangan.
Shuningdek, ushbu bobda fuqarolarning fikrlash, soʼz va eʼtiqod erkinligi huquqi, oʼzi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga egaligi, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno ekanligini, fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli boʼlgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkinligi, Oʼzbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor boʼlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi, barcha uchun vijdon erkinligi kafolatlanganligi, inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi, har qanday koʼrinishdagi diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʼl qoʼyilmasligining konstitutsiyaviy kafolatlari yaratildi.
Muxtasar qilib aytganimizda, fuqarolar haq-huquqlarini jamiyat tomonidan, davlat tomonidan muhofaza qilinishi, muhim hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini eʼtirof etish bilan birga, masalaning ikkinchi tomoniga ham eʼtibor qaratish muhim.
Yaʼni, fuqarolarning huquq va manfaatlarining himoyasi ularning maʼnaviyatiga, huquqiy madaniyatlariga va huquqiy ongiga koʼp jihatdan bogʼliq.
Bunda fuqarolarning qonunlarda belgilangan, oʼz haq va huquqlarini qay darajada bilishlari, bu oʼz mohiyatiga koʼra har bir shaxsni oʼzligini anglashning asosiy jihatlaridan biri, shaxs huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlarini roʼyobga chiqarishning asosiy shartlaridan biridir.
Chunki, fuqaro qonuniy haq-huquqlarini yaxshi bilmasdan, ularni muhofaza qila olmasdan oʼzlikni anglash toʼgʼrisida soʼz boʼlishi mumkin emas.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov