Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining asosiy yoʼnalishlari


       Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining asosiy yoʼnalishlari

Taʼkidlash joyizki, korruptsiyaga qarshi kurashish strategiyasining natijadorligi va samaradorligini yanada oshirish va ularni ilmiy-amaliy jihatdan takomillashtirib borishning asosiy yoʼnalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin.
Jumladan, korruptsiyaga qarshi kurashning samaradorligiga erishishning yaqin va uzoq muddatga moʼljallangan modeli ishlab chiqilish.
Unda korruptsiyaga qarshi kurashishning aniq huquqiy mexanizmi, samarali institutsional tuzilmasi, moliyaviy va mehnat resurslari bilan doimiy taʼminlab turilishi, muntazam monitoring faoliyati hamda xolis va shaffof baholash tizimi aniq qonunchilikda mustahkamlanishi; qonunchilikda korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha huquqiy va iqtisodiy hamda ijtimoiy elementlari oʼrtasida oʼzaro uzviy hmkorlikni ishlab chiqish va yoʼlga qoʼyish.
Korruptsiyaga qarshi kurashish strategiyasida innovatsion yondashuvni samarali qoʼllash. Bunda davlat organlarining fukarolik jamiyatining barcha institutlari bilan hamjixat faol harakatini taʼminlash, shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurashishda milliy tuzilmalarning halkaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor berish.
Bu Oʼzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida integratsiyaga erishishga toʼskinlik qilayotgan omillardan biri - jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligini kooruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha moddalarini mukamal ishlab chiqish hamda korruptsiyani keltirib chiqarayotgan holatlarni oʼrganish, tahlil qilish va korruptsiyani oldini olishga qaratilgan dasturlarni taʼminlashga xizmat qiladi.
Korruptsiyaga qarshi kurashishni jamiyatning ijtimoiy soxalarida xususan, tadbirkorlik, taʼlim, sogʼlikni saqlash jumladan, huquqni muhofaza qilish sohalarida yanada kuchaytirish uchun korruptsiya bilan bogʼlik ayrim hatti-xarakatlarni barham berishga qaratilgan dasturlar ijrosini barcha sohalarda taʼminlash hamda xalqaro tajribani oʼrganish asosida halkaro xujjatlarda nazarda tutilgan standartlarni qonunchilikda mustahkamlab borish. Bu esa mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashda yaxshi natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha davlat dasturini ijrosini jamiyatda taʼminlanishi va bu borada tizimli monitoring qilish boʼyicha samarali huquqiy mexanizmning islohotlar talablari darajasida ishlab chiqish.
Bu davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilish darajasining talab darajasidan pastligini oshkor qilish, davlat organlari faoliyati ochiqligi tamoyilining amalda taʼminlanishi ijtimoiy adolatni oʼrnatishga xizmat qiladi.
Korruptsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendentsiyalaridan kelib chiqqan holda amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish. Bu fuqarolarning korruptsiyaga qarshi kurashishni tashkil etish masalasiga nisbatan dahldorlik hissini,masʼuliyatini oshirishga,ular tomonidan bu illatga qarshi qilinayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritishga ishonchli dalil boʼlishiga imkon yaratib beradi.
Korruptsiyaga karshi kurashish va uning oldini olish ishlarini tashkil etishda jamiyat aʼzolari boʼlgan fuqarolarimizni faol ishtirokini kuchaytirish. Bu fuqarolarning korruptsiyaga tegishli boʼlgan maʼlumotlarni oʼrganish imkoniyatini yaratish, korruptsiyaga oid muammolarni jamoatchilik nazoratini taʼminlashning izchil tizimini yaratish va hayotga tadbiq qilishning optimal taktik variantlarini ishlab chiqishga xizmat kiladi.
Korruptsiyaga karshi kurashishda xar bir sohaning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish. Bu korruptsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan yangi innovatsion usullarini ishlab chiqish va qoʼllash, korruptsiya holatlarini ekspertizadan oʼtkazish, monitoring qilish va adolatli baholashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish jamiyatni qonuniy rivojlanishini taʼminlashga xizmat kiladi.
Shuni aytish mumkinki, yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoev taʼkidlaganidek: «... afsuski, jamiyatimizda korruptsiya illati turli koʼrinishlari bilan taraqqiyotimizga gʼov boʼlmokda.
Bu yovuz baloning oldi olinmasa, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib boʼlmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmogʼi rivojlanmaydi».
Muhtasar qilib aytganimizda, Korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlariga, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, shuningdek jamiyatimizning barcha aʼzolari, eng avvalombor, «xalollik vaktsinasi» bilan emlanmas ekan, korruptsiyaga qarshi kurash boʼyicha strategiyamizda oʼz oldimizga qoʼygan yuksak marralarga erisha olmaymiz.
Yaьni muhtaram yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, “biz korruptsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan, uning barvaqt oldini olishga oʼtishimiz kerak", - buladi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov