Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari


Korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari

Taʼkidlash kerakki, mamlakatimizda korruptsiyaga karshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari kator huquqiy normalarda oʼz ifodasini topgan boʼlib, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Xususan, 2003-yil 31-oktyabrьda qabul qilingan BMT ning Korruptsiyaga qarshi kurashish Konventsiyasi;
2000-yil 15-noyabrьda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konventsiyasiyasi;
1999-yil 27-yanvarьdagi Yevropa Kengashining "Korruptsiya uchun jinoiy javobgarlik toʼgʼrisida"gi Konventsiyasi;
1999-yil 4-noyabrьdagi "Korruptsiyauchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik toʼgʼisida"gi Konventsiyalar va boshqalar.
Oʼzbekiston yuqorida taʼkidlangan halqaro normalardan 2008-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korruptsiyaga qarshi kurashish Konventsiyasi, shuningdek, 2010-yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari doirasida qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurash boʼyicha Istanbul Harakat rejasini ratifikatsiya qilgan.
Аytish joizki, mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmokda hamda korruptsiyaga qarshi kurash va uni bartaraf etishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, izchillik bilan amaliy hayotga tatbik etilmokda.
Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyunьdagi PF-6013-sonli "Oʼzbekistan Respublikasida Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish buyicha qushimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida" gi Farmoni kabul kilindi.
Mazkur Farmon asosida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish xamda korruptsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshka dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korruptsiyaga qarshi kurashish Аgentligi tashkil etildi.
Shu bilan bir katorda,mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi samarali kurash olib borish boʼyicha kuyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ham qabul etildi.
Jumladan, 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining "Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida" gi OʼRQ,-419-sonli qonuni;
2020-yil 29-iyunьda qabul qilingan "Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish Аgentligi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4761-sonli qarori;
2021-yil 6-iyulьda qabul qilingan "Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʼlish muhtini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida Korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6257-sonli Farmoni;
2021-yil 6-iyulьda qabul qilingan "Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qushimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida" gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5177-sonli Karori;
Shuningdek, 2021-yil 22-oktyabrьda qabul qilingan "Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyhalarini korruptsiyaga qarshi ekspertizadan oʼtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5263-sonli qarori va shu kabi hujjatlar.
Xulosa oʼrnida aytganimizda,mamlakatimizda ayni kunda korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha mustahkam huquqiy baza yaratilgan boʼlib,tom maʼnoda korruptsiyaga oid jinoyatlarning oldini olishga xizmat qilishi, shubhasiz.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov