Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Savol-javob


Savol-javob

Savol: Mening birinchi turmushimdagi erim bilan ajrashib ketganmiz, lekin qonuniy nikoximiz bekor bo‘lmagandi, hozirda ikkinchi turmushimdan farzandli bo‘ldim. Bolamga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirshda otasi to‘g'risidagi ma'lumotlarni kiritishda to‘sqinliklar yuzaga kelmoqda. Buning qanday echimi bor?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeks iva O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  20.10.2023 yildagi 550-sonli qarori bilan tasdiklangan Nizomga ko‘ra, ota-onasi nikohda bo‘lgan bolaning tug'ilishi to‘g'risidagi dalolatnomani yozish shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va nikoh tuzilganligi to‘g'risidagi guvohnoma yoki ma'lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Bola tug'ilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan sanadan keyin 300 kundan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa otasi to‘g'risidagi ma'lumotlar xuddi shunday tartibda yoziladi.
Bunday hollarda ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi to‘g'risida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki otasining o‘limi haqidagi guvohnomasi taqdim etilishi kerak.
Bunda, sizning vaziyatda sobiq eringiz FHDYo bo‘limiga bolani rad qilish to‘g'risida yozma ariza taqdim qilishi zarur. Boshqa hollarda, bolaning nasl-nasabi hususida nizolar bo‘ladigan bo‘lsa, barcha nizolar sud tartibida hal qilinadi.

Anora NZANOVA,
Nukus shahar FHDYo bo‘limi 1-darajali inspektori