Янгиликлар
03
Endi yangicha ishlash talab etiladi
Endi yangicha ishlash talab etiladi
Аytish kerakki, aholini yillar davomida qiynab kelayotgan kundalik muammolarini oʼrganish borasida yagona kompleks ish shakli, uslubi va yondashuv boʼlmagani sababli, ayniqsa bu borada mahalla institutlari yettiligi va vakolatli idoralar lozim darajada idoralararo hamkorlik borasida tashabbus koʼrsatmaganligi, chora-tadbirlarning oʼzaro nomutanosibligi, aholining kundalik muammolarni oʼrganish va taʼsirchan choralar koʼrishga qaratilgan yagona institutsional mexanizm yaratilmagani oqibatida kutilgan natija va ijobiy samara bermayotgani aniq.
Hukumat tomonidan aholi muammolarini tizimli oʼrganish va ularni bartaraf etish boʼyicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirish, bu borada Аdliya organlari va muassasalari faoliyatini yoʼnalishlarini ixchamlashtirish va takomillashtirish, mahalla institutlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan toʼgʼridan-toʼgʼri oʼzaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida, 2024-yil 24- may kuni oʼtkazilayotgan huquqiy islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʼgʼrisida”gi PF‒80-sonli oʼta muhim tarixiy Farmoni qabul qilindi.
Eʼtiborga molik tomonlardan biri, mazkur Farmon bilan Аdliya vazirligining qoʼshimcha 4 ta yangi faoliyat yoʼnalishlari belgilandi:
Xususan,
-aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish, joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, fuqarolarga huquqiy masalalar boʼyicha birlamchi bepul yuridik yordam koʼrsatish va davlatorganlari va mahallalarda yagona huquqni qoʼllash amaliyotini shakllantirish.
Shuningdek, Farmon bilan Аdliya boʼlimlariga 6 ta yangi vazifalar yuklandi.
Jumladan:
-aholi muammolarini oʼrganish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Аdliya kuni” tadbirlarini oʼtkazish;
Bunda: olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini koʼrsatib boriladi,
-uyma-uy yurish va “Huquqiy koʼmak” aktsiyalarini oʼtkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy muammolarni bartaraf etish boʼyicha qonunchilikka takliflar ishlab chiqish,
-“Online-mahalla” platformasi orqali huquqiy masalalarga oid muammolarni hal etib boorish,
-aholiga bepul birlamchi yuridik yordam koʼrsatilishini taʼminlash va ularga huquqiy tushuntirishlar berish,
-yashlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilish,
-tuman (shahar) tashkilotlari hamda mahalla idoralariga yagona
huquqni qoʼllash amaliyoti boʼyicha metodik yorda koʼrsatib borish.
Maʼlumki, mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa yuridik jihatdan taʼminlanmagan ularning oʼrta va quyi boʼgʼinda huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat koʼrsatishga qaratilgan Prezidentning 2021-yil 29-iyun kuni “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 5168-son qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror bilan tuman (shahar) yuridik xizmat koʼrsatish markazlariga 5 ta aniq vazifalar yuklatilgan.
Endilikda,5 ta asosiy vazifalarga qoʼshimcha yuqoridagi Prezident farmoniga koʼra, tuman (shahar) yuridik xizmat koʼrsatish markazi xodimlari adliya boʼlimlariga belgilangan 6 ta vazifalar doirasida ish faoliyatida yangicha ishlashni tashkil etishlari talab etiladi.
Chunki, yangilanayotgan Oʼzbekistonimizda davr shiddat bilan oldinga odimlab bormoqda. Bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda, tuman (shahar) yuridik xizmat koʼrsatish markazlari xodimlari oʼz ish faoliyatlarini eskicha usulda davom ettirishi bilan Prezident farmonida koʼzlangan natijalarga erishib boʼlmasligini anglagan holda, har bir xodim nafaqat yuridik xizmat koʼrsatish belgilangan davlat organlari va tashkilotlari balki, mahallalarda aholini qiynab kelayotgan kundalik tizimli muammolarini oʼrganish, yagona huquqni qoʼllash amaliyotini joriy etish, aholiga bepul kompleks yuridik yordam koʼrsatish maqsadida zamonga mos ravishda kundalik ish faoliyatining taʼsirchan usul va vositalarni qoʼllashni taqoza qiladi.
Shuning uchun ham endilikda yuridik xizmat koʼrsatish markazlari xodimlari mahallalarda aholi bilan oddiy muloqat qilish chogʼida ular bilan faqat shunchaki suhbatlashish bilangina cheklanmasdan, balki aholini yillar davomida muntazam ravishda qiynab kelayotgan tizimli muammolarni bir tizimga keltirish, muammolarni bartaraf etishning eng qulay shakl va usullarini aniqlash hamda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratish ham amaliy va nazariy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
Аyni kunda, Toʼrtkoʼl tumani hududida 15 ta ovul fuqarolari yig’ini hamda 34 ta mahalla fuqarolar yigʼinlari mavjud.
Yuqoridagi farmon talabidan kelib chiqqan holda, Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi yuridik xizmat koʼrsatish markazi xodimlari adliya boʼlimi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida ovul va mahalla fuqarolari yigʼinlari hududlarida uyma-uy yurib, huquqiy aksiyalar oʼtkazib, xonadonlarda yashovchi fuqarolarning ijtimoiy hayotida uchrayotgan kundalik tizimli muammolarini aniqlash orqali, ushbu muammolarni hal etish boʼyicha bir qator kompleks choralar koʼrmoqdalar.
Shu asnoda, eng avvalombor, markaz xodimlari asosiy eʼtibori ovul va mahalla fuqarolar yigʼinlarida mahalla yettiligi bilan oʼzaro hamkorlikda birinchi navbatda mahallalar hududlarida yashovchi yashlar, yoshlar daftari, temir daftar va ayollar daftariga kiritilgan shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilinib, ularga bepul birlamchi yuridik yordam koʼrsatilib hamda huquqiy tushuntirishlar berishga qaratilmoqda.
Shuningdek, mahallalarda uyma-uy yurib, ijtimoiy himoya resstriga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar, turmush sharoitlari oʼta ogʼir fuqarolar, notinch oilalarga ijtimoiy koʼmak berish, shuningdek huquqbuzarlik va jinoyat sodir qilib profilaktik hisobga olingan yoshlar bilan mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi va profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda yakka tartibda suhbatlar oʼtkazilib, uzoq muddatga tashqi migratsiyaga ketgan shaxslarning oilalaridan xabar olinib kerakli huquqiy koʼmaklar berilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, markaz xodimlari mahallalarda aholi bilan toʼgʼri va ochiq muloqatni yoʼlga qoʼyish orqali, mahallalarda har oyda „Аdliya kuni” tadbirlari doirasida tumanimizdagi mahallalarda haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targʼibot kuni” oʼtkazilib, mahalla yettiligi va aholiga qabul qilinayotgan normativ –huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish va boshqa huquqiy axborotlar yetkazilmoqda.
Xulosa oʼrnida aytganimizda, ushbu Farmon bilan adliya organlari va muassasalariga yuklanayotgan eng murakkab va mas’uliyatli vazifalarni chuqur anglagan holda barchamiz aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolarni tizimli oʼrganish va ularni bartaraf etish masalasiga jiddiy yondashishimiz lozim.
Bekpulat Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi