Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Xorijiy avtotransportni vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘imni hisoblash tartibi o‘zgarmoqda


Xorijiy avtotransportni vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘imni hisoblash tartibi o‘zgarmoqda


Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining qo‘shma qarori qabul qilindi (01.05.2024-yil, Adliya vazirligidan o‘tkazilgan ro‘yxat raqami № 2156-5).

Hujjat bilan Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Endilikda bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddat o‘tgandan so‘ng xorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun BHMning 1 baravari miqdorida yig‘imni to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.

Ilgari har bir kun uchun transport vositasining har bir ot kuchidan BHMning 0,7 % miqdorida yig‘im to‘langan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.05.2024-yildan kuchga kirdi.

Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i