Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tabiiy monopoliya sub’ekti sifatida e’tirof etish tartibi belgilandi


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tabiiy monopoliya sub’ekti sifatida e’tirof etish tartibi belgilandi


Vazirlar Mahkamasining 01.05.2024-yildagi 256-son qarori bilan Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tabiiy monopoliya sub’ekti sifatida e’tirof etish tartibi to‘g‘risida nizom va Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Tabiiy monopoliya sub’ektlari deb e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxati to‘g‘risidagi ma’lumotlar monopoliyaga qarshi organning rasmiy saytida har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar e’lon qilinadi.
Tabiiy monopoliya sub’ektini e’tirof etish masalasini ko‘rib chiqishda monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi sub’ektga so‘rovnoma yuboradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt so‘rovnomani olgan paytdan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan uni to‘ldiradi.
Tabiiy monopoliya sub’ektlari deb e’tirof etish va ularning ushbu maqomini bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni monopoliyaga qarshi organ tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan so‘rab olish va tahlil qilish tekshirish hisoblanmaydi.
“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shu jumladan, salohiyatli raqobatchilar o‘rtasidagi raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan hamda raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar taqiqlanadi.
Harakatlar quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi mumkin:
● narxlarni (tariflarni), chegirmalarni, ustamalarni, qo‘shimcha to‘lovlarni yoki ustama narxlarni sun’iy ravishda belgilash yoki saqlab turish, erkin bozor narxlarining qaror topishiga to‘sqinlik qilish;
● taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olish, tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirish va (yoki) tugatish yoxud texnologiyalar va investitsiyalarni cheklashni kelishib olish;
● eng yaxshi takliflarni tanlashda, tenderlarda, auksionlarda narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turish;
● tovar yoki moliya bozorini hududiy prinsip, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi, tovarlarning xillari yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olish yoxud mahsulot sotiladigan bozorlar ustidan nazorat o‘rnatish va boshqalar.

Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i