Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori o‘zgartirildi


Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori o‘zgartirildi


Vazirlar Mahkamasining 01.05.2024-yildagi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 255-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya faqat tomorqa yer egasiga ajratilishi haqidagi talab bekor qilindi. Tegishli o‘zgartirishlar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3,6 va 7-bandlariga kiritildi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bandlarning yangi tahririda “talabgor” termini ishlatilgan.
Bundan tashqari, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori bekor qilindi. Endi subsidiya miqdori Agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Tegishli o‘zgartirish Nizomning 3-bandiga kiritilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 02.05.2024-yildan kuchga kirdi

Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i