Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Suv xo‘jaligi boshqaruv tizimi isloh qilinadi


Suv xo‘jaligi boshqaruv tizimi isloh qilinadi


Prezidentning 07.05.2024-yildagi  PF-74-son Farmoni bilan  suv xo‘jaligida zamonaviy  boshqaruv tizimini joriy  qilish  va rivojlantirishning ustuvor  yo‘nalishlari belgilandi.
Suv xo‘jaligi vazirligi barcha manbalar bo‘yicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.
Hujjat bilan quyidagilar suv xo‘jaligi boshqaruvini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
● Suv xo‘jaligi vazirligi tuzilmasini yuqori, o‘rta va quyi bo‘g‘inlarga ajratgan holda tashkil qilish hamda funksiyalarni aniq belgilash;
● suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish;
● strategik va innovatsion g‘oyalar, ilmiy asoslangan taklif va tashabbuslar asosida soha rivojlanishini ta’minlash;
● suv xo‘jaligi ob’ektlarida shaffof biznes yuritish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali suv xo‘jaligi ob’ektlarining xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish;
● suvdan foydalanishga ruxsat berish tizimini soddalashtirish orqali suvdan foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va boshqalar.

Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i