Янгиликлар
31
Dorilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinmoqda
Dorilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinmoqda
Prezident tomonidan 30.05.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-928-son Qonun imzolandi.
Mamlakatimizda farmasevtika va kimyo sanoatini xalqaro standartlarni inobatga olgan holda rivojlantirish hamda unga ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlarini va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida mazkur Qonun bilan «Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga dori moddalarini (substansiyalarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibining bekor qilinishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda. Shu bilan birga «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi hamda «Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlash vakolatini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklovchi, shuningdek retseptsiz yoki shifokor retsepti bo‘yicha beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborotni ularning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda hamda Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrida ko‘rsatish talabini joriy etuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, dori moddalarini (substansiyalarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bekor qilinmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlash vakolati yuklanmoqda.
️Shuningdek, retseptsiz yoki shifokor retsepti bo‘yicha beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborotni ularning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda hamda Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrida ko‘rsatish talabi joriy etilmoqda.
Bundan tashqari yuridik shaxslarga IV ro‘yxat doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim prekursorlarni tegishli litsenziyalarga asosan ishlab chiqarish va tayyorlash huquqi berilmoqda.
Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i