Янгиликлар
28
Qurilish-montaj ishlari bajarilgan bino va inshootlarni ro‘yxatga olish va topshirish muddati o‘zgarmoqda
Qurilish-montaj ishlari bajarilgan bino va inshootlarni ro‘yxatga olish va topshirish muddati o‘zgarmoqda
Vazirlar Mahkamasining 11.06.2024 yildagi “Vazirlar Mahkamasining «Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida» 23.11.2023-yildagi 619-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida”gi 326-son qarori qabul qilindi.
Muqaddam 2024-yil 1-apreldan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda qurilgan bino va inshootlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilmasligi belgilangan edi.
Mazkur normaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ob’ektlarning loyihalarini belgilangan tartibda kelishmasdan va hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tkazmasdan qurilish-montaj ishlari bajarilgan (qisman yoki to‘liq) bino va inshootlar bo‘yicha instrumental texnik tekshiruv xulosasini olgan holda, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tkazish hamda shu asosda foydalanishga ruxsat berish ishlari 2024-yil 31-dekabrdan to‘xtatiladi.
Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i