Янгиликлар
28
Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Prezident tomonidan 19.06.2024 yildagi “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-933-son Qonun imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Xususan, mazkur kodeksga yangi 215⁸-moddasi (“Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzish”) kiritildi. Bunday huquqbuzarliklarga:
●davlat mulkini ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish;
●ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining ob’ekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to‘sqinlik qilish;
●ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto‘g‘ri ko‘rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish kiradi.
Jazo tariqasida mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima belgilangan. Huquqbuzarlik takroran sodir etilganda BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima to‘lanadi.
Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i