Янгиликлар
28
Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi tashkil etiladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi tashkil etiladi
Prezidentning 21.06.2024-yildagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-228-son qarori qabul qilindi.
Ushbu sohasida o‘qitishning ustuvor yo‘nalishlari:
● huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
● korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
● korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash;
● korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish;
● korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish.
2025-yil 1-yanvarga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Virtual akademiyada o‘qitish bazaviy hamda maxsus o‘quv kurslari bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda:
- bazaviy o‘quv kurslarida o‘qitish barcha foydalanuvchilar uchun bepul asosda tashkil etiladi;
- maxsus o‘quv kurslarida malaka oshirish to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatchilariga Virtual akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish majburiy hisoblanadi. Davlat xizmatchisi ishga qabul qilinganidan so‘ng uch oy ichida o‘quv kursidan o‘tadi. Davlat xizmatchilari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi.
Otemisova Juldiz Maxsetbayevna
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti