Янгиликлар
28
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi
Prezidentning 21.06.2024-yildagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-son qarori qabul qilindi.
Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlari tashkil etiladi.
Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi faoliyati ularni Institutga qo‘shish orqali tugatiladi.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi.
Bunda:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi;
maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mavjud quvvatlarni kengaytirish uchun 11 ta pedagogika kolleji bino va inshootlari, Hududiy markazlar tasarrufiga o‘tkaziladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqib tabaqalashgan ta’lim dasturlari asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi – ta’lim tashkiloti) yo‘lga qo‘yiladi;
maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi.
Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i