Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Joriy yilning dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-ma’naviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi


Joriy yilning dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-ma’naviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi

Prezidentning 21.06.2024-yildagi “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-232-son qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etiladi.
Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi.
Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi”, “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy kengashlar tashkil etiladi.
Shu bilan birga, Tarbiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich ijtimoiy-emotsional ta’lim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalari joriy qilinadi.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab maktablarda “Farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o‘tkazib boriladi, shuningdek “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi amalga  oshiriladi.
2024 yil dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-ma’naviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi.  
2025 yil yakuniga qadar ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.

Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i