Янгиликлар
27
O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani olish va qayta rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?
O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani olish va qayta rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?
Ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar Jismoniy va yuridik shaxslar hamda xizmat ko’rsatish muddati 15 ish kuni mobaynida.
Arizani ko’rib chiqadigan tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Tasdiqnomani olish tartibi quyidagicha:
1. Arizachi YIDXPda avtorizatsiyadan o'tib, ariza shaklini to'ldiradi, yig'imni to'laydi va arizani yuboradi.
2. Vakolatli organ ish beruvchi tomonidan ko'rsatilgan bo'sh ish o'rinlari uchun mahalliy ishchi kuchi mavjudligini hisobga olgan holda chet el fuqarolarini jalb qilishning maqsadga muvofiqligini o'rganadi. Vakolatli organ arizachiga chet el fuqarolarini jalb qilishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to'g'risida xulosa yuboradi.
Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:
Chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;
Chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari to‘g‘risida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi ko‘rsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;
Chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;
Chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;
Viza rejimi o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar).
Tasdiqnomani qayta rasmiylashtirishga hech qanday hujjat talab qilinmaydi, ariza berish tartibi quyidagicha:
1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;
2. Agentlik ish beruvchi tomonidan so‘ralayotgan chet el fuqarolari soni va mutaxassisliklarining (lavozimlarining) uning ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiqligini o‘rganadi;
3. Agentlik ish beruvchiga YIDXP orqali qabul qilingan qaror to‘g‘risida elektron shakldagi xabarnomani, jumladan, ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ruxsatnoma berish uchun yigim miqdori ko‘rsatilgan holda yuboradi;
4. Ijobiy xabarnoma kelgandan so‘ng ruxsatnoma berish uchun yig‘im to‘laydi;
5. Ruxsatnoma berish uchun yig‘im to‘langandan keyin ruxsatnomani rasmiylashtiradi va o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi;
6. Ruxsatnomani ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboradi.
Beruniy tuman adliya bo’limi davlat
xizmatlari markazi direktori
Qadirov Sherzod Alisher o’g’li.