Янгиликлар
27
1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”
1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg`ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Sababi bola – bu dunyo, bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o`z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo`lgan qiziqishni uyg`otadilar.
Inson huquqlari - bola huquqlaridan boshlanadi. Mamkakatimizda bolalarga, ularning qiziqishlari, huquq va manfaatlariga alohida e’tibor qaratiladi. “Bola huquqlari” to`g`risidagi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, “Bola huquqlarining kafolatlari” to`g`risidagi qonunning qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani institutining ta’sis etilishi buning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etish mumkin.
Shu o`rinda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni tarixi haqida qisqacha maʼlumot berib o`tsak, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” 1925-yilda Jenevada bolalar farovonligi boʻyicha butunjahon konferensiyasida eʼlon qilingan. Shundan buyon, jahonning koʻplab mamlakatlarida 1-iyun kuni nishonlanadi. Lekin, “Bolalar kuni” 1857-yil iyun oyining ikkinchi yakshanbasida AQSHning Massachusets shtati, Chelsi shahridagi Universalist cherkovi pastori, doktor Charlz Leonard tomonidan boshlab berilgan boʻlib, bu kun “atirgul kuni” deb ataladi, keyinchalik esa, “bolalar” kuni deb nomlana boshlangan.
1-iyun – Xalqaro bolalar himoya qilish kuni dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlarida nishonlansa ham, boshqa koʻplab davlatlarda har yili 20-noyabr kuni “Xalqaro bolalar kuni” sifatida birdek nishonlanadi. 1959-yil 20-noyabrda “Bola huquqlari deklaratsiyasi” 1989-yil 20-noyabrda “Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya” Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilindi hamda bu kabi muhim xalqaro hujjatlarning qabul qilinishi jahonning keng jamoatchiligi tomonidan iliq kutib olindi.
Jumladan bu yil ham tuman adliya bo`limi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bayram munosabati bilan tumandagi oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurgan holda bolajonlarga bayramona sovg`alar ulashildi.
Beruniy tumani adliya bo`limi
inson huquqlarini himoya qilish
va huquqni qo`llash amaliyotini
o`rganish bo`linmasi bosh maslahatchsisi,
3-darajali yurist Sh.K.Ismailov