Янгиликлар
26
GENDER TENGLIK
GENDER TENGLIK
So‘nggi paytlarda “gender tenglik” jumlasi ko‘p ishlatilyapti. Boisi shundaki, zamonning zayli, jamiyat taraqqiyotining yuqori darajaga ko‘tarilgani, jahondagi aksariyat rivojlangan davlatlar tajribasi, bugungi kun talabi aynan shuni taqozo qilmoqda.
Aslida gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm - fan munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi. Gender tenglikni ta’minlash masalasi davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilib, parlament yuqori palatasida Xotin - qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat kengashlari, shuningdek Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil qilingan.
Gender tenglik jamiyat rivojida muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugun oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarning bajarilishini ta’minlash uchun “Yo‘l xaritalari”i qabul qilingan. Bularni asosan, ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ayollarni himoya qilishning institusional asoslarini takomillashtirish, aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish, huquqni qo‘llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me’yorlar asosida o‘qitish yo‘nalishlarda ko‘rishimiz mumkin.
Respublikamizda bir qator qonun hujjatlari, jumladan, Prezidentning xotin - qizlar huquqlarini ta’minlash, xususan, gender tengligi va ayollarni zo‘ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish to‘g‘risidagi farmon va qarorlari qabul qilingan. Farmon va qonunlar ijrosi asnosida respublikamizda xotin-qizlarimizning yaxshi umrguzaronlik qilishlari uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
-Gender tenglik — bu jins asosida istisnolarsiz xuquq va imkoniyatlar tengligi, ya’ni erkak va ayolning huquq va imkoniyatlarining tengligi demakdir.
Yurtimizda gender tenglikning ta’minlanishi mamlakatimizning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Masalan, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, savodsizlik va ishsizlikni bartaraf etishda, kelin va bola boqish ta’tilidagi ayollarimiznig sandiqlarida chang bosib yotgan diplomlarini nihoyat ishga tushirishda qo‘l keldi. Shu paytgacha minglab xotin-qizlar jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmay, oliy ta’lim muassasalariga kira olmay, qonunlarning ishlamasligiga duch kelayotgandi.Chunki ular o‘z huquqlarini bilishmaydi.
Keyingi 7 yil davomida xotin-qizlarimizning ijtimoiy faolligini oshirish, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun qator imtiyozloar yaratilyaptiki, shuning natijasida ko‘p yillar davomida institutda o‘qishni hayolbiga ham keltirmagan ko‘pchilik yosh onalarimiz ham farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishya imtiyozloar yaratilyaptiki, shuning natijasida ko‘p yillar davomida institutda o‘qishni hayoliga ham keltirmagan ko‘pchilik yosh onalarimiz ham farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishyapti, ham ishlashyapti, ham oliy ta’lim muassasalarida sirtdan tahsil olishyapti. Tug‘ruqqacha va tug‘ruqdan keyingi ta’tildagi onalarga onlayn ta’lim olish imkoniyati berildi. Shu bilan birgalikda to‘lov kontrakti shartnomasi pullari ham imtiyozli tarzda ajratilyapti. Boquvchisini yo‘qotgan, qaramog‘ida nogiron farzandi bor ayollarni davlat o‘z himoyasiga olgan.Bularning barchasi mustaqil yurtimizda gender tenglik masalasi o‘zining xolis yechimini topayotganligini anglatadi.
G. BOTIROVA,
Beruniy tuman Adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi Bosh yuristkonsulti.